Dunyoni ezgulik qutqarishi haqida hikoya qilinuvchi ajoyib filmlar

Dunyoni ezgulik qutqarishi haqida hikoya qilinuvchi ajoyib filmlar

Ba’zida kinolar haqiqatan ham dunyoqarashni o‘zgartira oladi. Ushbu Gollivud filmlari aslida dunyoni ezgulik qutqarishi hamda har bir inson yaxshilik manbasi bo‘lishi mumkinligini eslatib turadi.

“Yaxshilik qil” – 2000-yil

Bunday filmlar har bir kishi qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini unutmaslik uchun ham kerak. Agar kartinani ko‘rgandan so‘ng, hech bo‘lmaganda bir kishi boshqasiga yaxshilik qilsa, bu, albatta, katta muvaffaqiyatdir. Hech bo‘lmaganda, shunday qilish istagi paydo bo‘ladi: bosh qahramon – yettinchi sinf o‘quvchisi Trevor hatto eng e’tiborsiz odamni ham ilhomlantiradi.

“Yetti hayot” – 2008-yil

“Yetti hayot” – bu chuqur hissiy drama, afro-amerikalik aktyor Uill Smit va italiyalik rejissor Gabriele Muchchino o‘rtasidagi ikkinchi hamkorlik. Ben ismli qahramon avtohalokatda yetti kishi halok bo‘lganidan keyin u o‘zining odamlar oldidagi burchini his qiladi. Barcha hayotiy tamoyillarini ko‘rib chiqib, u haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lganlar nomidan o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi.

1+1” – 2011-yil

Kino tarixidagi eng ajoyib filmlardan biri bo‘lib, u ikki butunlay boshqa insonlar: tanasi falaj bo‘lgan boy aristokrat Filipp va hayoti juda qiyin kechgan oddiy yigit Dris haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, butunlay farq qiluvchi odamlar o‘rtasida mustahkam do‘stlik o‘rnatiladi, bu ikkalasining hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.

“Eng yaxshi yolg‘on” – 2014-yil

To‘rt farzand – Mamere, Iyremeya, Pol va Abital Sudandagi fuqarolar urushi dahshatlaridan mo‘jizaviy tarzda omon qolishga muvaffaq bo‘ladi. O‘n uch yil o‘tib, taqdir ularga hayotni yangidan boshlash uchun baxtli imkoniyat beradi. Afrikalik qochqinlarni moslashtirish dasturida ishtirok etib, ular Amerikaga kelishadi va u yerda ularning urf-odatlari va qadriyatlari bilan tanishadi. Biroq urushning ayanchli oqibatlari ularni ta’qib qilishda davom etadi.

“Ko‘rinmas tomon” – 2009-yil

Shedevr-film – kinotanqidchilar uni “Oskar ”mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganida shunday deb atagan, keyin Sandra Bullok ushbu filmdagi bosh rol uchun orzu qilingan haykalchani olgan. Do‘stona va boy oila tomonidan boshpana topgan o‘smirning hikoyasi. Natijada u hayotda o‘z yo‘lini topdi va futbol yulduzi bo‘ldi. Kartina har qanday odamning hayotida oilaning qo‘llab-quvvatlanishi qanchalik muhimligini ta’kidlaydi.

“Qalbimda raqsga tushaman” – 2004-yil

Film nogironlar uyida yashovchi Maykl ismli yigit haqida. U o‘simlik kabi yashaydi, kundalik rejimga ko‘ra, har bir yangi kun avvalgisining nusxasi. Ammo bir kuni u yangi bemor Rori bilan uchrashadi. Maykl singari Rori ham faqat nogironlar aravachasi yordamida harakatlanadi. Ammo uning dunyo haqidagi qarashlari va hayotdagi mavqeyi Mayklni hech narsa imkonsiz emasligini tushunishiga majbur qiladi.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Malika

    bar4asini kurib 4iqaman

  2. SS

    uydagi iwlani qilin, kino kurmasdan laugh

  3. A

    good

  4. Asal

    smile raxmat smile

  5. Laziza

    good smile

  6. Nas

    hammasini kurganman, rostanam zur kinola

  7. l

    smile

  8. Najmiddin

    good zurky

  9. Qodir

    good smile

  10. Bobur

    1+1 top kino!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social