Parijda 2021 yil uchun «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda «PSJ» hujumchisi Lionel Messi faoliyatida 7-bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.
34 yoshli futbolchi yakunlanayotgan yilda Argentina bilan Amerika Kubogida g‘olib bo‘ldi, «Barselona» safida Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, La Ligada eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Kuchli beshlikdan «Bavariya»ning polshalik forvardi Robert Levandovski (2), «Chelsi»ning italiyalik yarimhimoyachisi Jorjino (3), «Real»ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema (4), «Chelsi»ning fransiyalik yarimhimoyasi Ngolo Kante (5) ham o‘rin oldi.
Shuningdek, marosimda quyidagi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi:
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aleksiya Putellyas («Barselona» / Ispaniya)
Lev Yashin mukofoti — Janluiji Donnarumma («PSJ» / Italiya)
Eng yaxshi hujumchi — Robert Levandovski («Bavariya» / Polsha)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Pedri («Barselona» / Ispaniya)
Yilning eng yaxshi klubi — «Chelsi» (Angliya).
Messiga beriw kere edi! Messi the best!
Levandovski oliwi kere edi! qanaqa messi, jinni b6p qoganmi bula
VaaaaamoooooooooooooooooooooooooooooooS
be4ora Jorjinyo, 6wa oliwi kere edi, 4unki 2 katta kubok yutib oldi
bravo!
Messi top! haqiqiy 4empion!
fignya!