Osiyo kubogi guruhlar bo’yicha ikkinchi o’yinda O’zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni 4:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Mazkur natija tufayli, Ektor Kuper jamoasi, gollar nisbati bo’yicha Yaponiyadan o’tib, guruhda birinchi o’rinni egallab turibdi.
Turkmaniston 0:4 O’zbekiston
Gollar: 0:1 – 17 Sidiqov, 0:2 – 24 Shomurodov, 0:3 – Masharipov, 0:4 – 42 Shomurodov.
O’zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (Davron Hoshimov 46), Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Islom Tuhtahujaev, Odil Ahmedov (Fozil Musaev 76), Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Javohir Sidiqov (Ikrom Aliboev 68) Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov.
Turkmaniston: Mammet Urozmuhammedov, Zafar Bobojonov, Sapar Mekanov, Vezirgeldi Ilyasov, Gurbangeldi Batirov, Sardor Annaurozov, Arslanmurat Omonov (Titov, 65), Ruslan Mingazov, Ahmet Atayev (Annaev, 44), Rasul Xujaev, Vohid Urozsahedov (Annadurdiyev, 46).
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (71).
Yaponiya terma jamoasiga qarshi o’tkaziladigan hal qiluvchi uchrashuv 17-yanvar kuni bo’lib o’tadi. “F” guruhida birinchi o’rinni egallash uchun O’zbekiston terma jamoasi durrang natija qayd etishi lozim. Agar shunday bo’lsa, E guruhi ikkichi o’rin sohibi bilan o’ynaydi, bu Qatar yoki Saudiya Arabistoni bo’ladi. Agarda O’zbekiston Yaponiyaga yutqazib, ikkinchi o’rinni olsa, Avstraliya terma jamoasiga qarshi duch keladi.