Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida “Al-Hilol” klubi “Bunyodkor” mehmoni bo`ldi. Uchrashuvda mehmonlar 0:1 hisobida ustin kelishdi.
Ushbu uchrashuvda “Al-Hilol” klubi shiddatli va himoyaviy o`yin ko`rsatishdi. “Bunyodkor” ham jamoaviy o`in ko`rsatib raqib darvozasi oldida havli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Har ikki jamoada ham gol kiritish uchun ko`plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Afsuski mana shunday imkoniyatlardan birini “Bunyodkor” emas, “Al Hilol” golga aylantira oldi.
O`inning 38-daqiqaga kelib hisob “Al-Hilol” klubi tomonidan ochildi. Yosir Al-Qahtoni ajoyib pas bilan sheriklarini yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Akbar To`raev raqibning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo`lgandi. Ammo to`p Salim Davsarga kelib tushdi. Uning takroriy zarbasiga esa himoyachilar halal bera olishmadi – 0:1.
O`tkazib yuborilgan goldan so`ng “Bunyodkor” hujumga zo`r berdi, “Al Hilol” juda yaxshi himoyalandi va o`yinning so`ngigacha 0:1 hisobidagi kichik ustinlikni “Al Hilol” o`z foydasiga saqlab qoldi.
Endilikda barchasi 14 may kuni Al-Riyodda bo`lib o`tadigan javob uchrashuviga bog`liqdir. Ushbu uchrashuvda “Bunyodkor” klubiga zafarlar tilab qolamiz.
14 mayda Bunyodkorga omad tilayman!!!