OChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi – Neymar Namanganga, Benzema Olmaliqqa kelishi mumkin

OChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi – Neymar Namanganga, Benzema Olmaliqqa kelishi mumkin

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi yulduzlardan iborat «Al Nasr» guruh bosqichida O‘zbekistonning to‘rt klubidan birortasiga raqib bo‘lmadi.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va unda O‘zbekistonning 4 klubi ham o‘z raqiblarini bilib olishdi.

O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Paxtakor» nisbatan oson guruhdan o‘rin oldi. Uning guruhida Saudiya Arabistonidan yulduzlarsiz «Al Fayha» qatnashadi.

O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida OChLga chiqqan «Nasaf»ning guruhida esa umuman saudlar klubi yo‘q, jamoa o‘tgan yilgi raqibi «As Sadd» bilan bu safar ham guruhda to‘qnash keldi.

OChLga pley-off o‘yinlari orqali yo‘llanma olgan «Navbahor» turnir favoritlaridan biri, Saudiya Arabistonining nomdor jamoasi «Al Hilol»ga raqib bo‘ldi, bu jamoa shu yil yozda tarkibini kuchaytirib, Neymar, Kulibali, Mitrovich, Savich, Nevesh, Malkom, Yassin Bunu kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan.

O‘zbekistonning pley-off orqali og‘ir yo‘lni bosib o‘tgan yana bir jamoasi, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK esa Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni «Al Ittihod» bilan guruhdosh bo‘ldi. Bu jamoa ham yozgi transferlar oynasida shov-shuvli transferlar amalga oshirib, Benzema, Kante va Fabino kabi yulduzlarni olib kelgan.

Saudlarning yana bir nomdor jamoasi, tarkibida Ronaldu, Mane, Taliska, Brozovich, Lyaport kabi yulduzlari bor «Al Nasr» klubi esa Tojikiston vakili «Istiqlol» bilan bir guruhdan joy oldi.

A guruhi
«Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Al Fayha» (Saudiya Arabistoni)
«Ahal» (Turkmaniston)
«Al Ayn» (BAA)

V guruhi
«As Sadd» (Qatar)
«Nasaf» (O‘zbekiston)
«Al Faysali» (Iordaniya)
«Sharja» (BAA)

S guruhi
«Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni)
«Sipohon» (Eron)
«Eyr Fors» (Iroq)
OKMK (O‘zbekiston)

D guruhi
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Nassaji Mozandaron» (Eron)
«Mumbay Siti» (Hindiston)
«Navbahor» (O‘zbekiston)

Ye guruhi
«Persepolis» (Eron)
«Duhayl» (Qatar)
«Istiqlol» (Tojikiston)
«An Nasr» (Saudiya Arabistoni)

Ma’lumot uchun, guruh bosqichi 6ta turdan iborat bo‘ladi va 18 sentabrda boshlanib, 5 dekabrda tugaydi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Тошкентда хеч ким кемасаканде юлдузладан sad

  2. Gulli

    Assalom alaykum Temur aka qalaysizlar lekin Oʻzbekistonga kelar ekanu

  3. Otabek

    Olmaliqni stadioni kichkina, Toshkentda o’ynashsa kerak

  4. Тимур

    Наманганга борамиз жой буса laugh

  5. Gulli

    Ha boring boring boʻlmasa keyin afsuslanib qolmang joy yetsa olishga ulgursangiz smile smile

  6. Aziza

    Kim bula uzi? rofl rofl rofl

  7. Gulli

    Futbolchilar

  8. Shoxrux

    Boramiz!!!!

  9. Gulli

    Ha mayli joy topilsa boring yetmasa qaytib kelasizmi rofl

  10. Тимур

    Ушадэээ rofl

  11. Tohir

    Omad!

  12. ❤️

    Rahmat rofl baribir ular buni oʻqimiyidi bizlar oʻqiymiz faqat

  13. Aziza

    Qoyillatis rofl rofl rofl

  14. Jamshid

    Borib ko’ramiz Inshaallah

  15. ❤️

    ALLAH nasib aylasin inshaalloh niyatizga yeting smile

  16. Dilbar

    Ronaldo cry

  17. ❤️

    Nimaga xafa boʻlyapsiz balki bir kun Ranomda ham Oʻzbekistonga tashrif buyurar xafa boʻlmang ❤️

  18. Jasur

    good good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social