Osiyo U-23 chempionatini hamyurtlarimiz mag`lubiyat bilan boshladi!

Osiyo U-23 chempionatini hamyurtlarimiz mag`lubiyat bilan boshladi!

Qatar poytaxti Dohada futbol bo`yicha U-23 yoshlar o`rtasida Osiyo chempionatini yoshlarimiz mag`lubiyat bilan boshlashdi.

Guruhdagi birinchi o`yinda yoshlarimiz Janubiy Koreya jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. O`yin birinchi bo`limi 20-daqiqasida darvozamiz tomon o`n bir metrlik jarima to`pi belgilandi va o`yinda hisob ochildi. Lekin bu bilan futbolchilarimiz ruhan tushishmadi, aksincha o`yinda koreyalik futbolchilarga nisbatan biroz ustunlik bilan o`yin olib borishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo`limi boshida, aniqrog`i  48 daqiqada birinchi gol muallifi Mun Chan Jin hisobni 2:0 ga etkazdi. Bu erda himoyachilarimizning palapartish o`yini golli vaziyatga olib keldi.

Hamyurtlarimizdan gol muallifi Dostonbek Hamdamov bo`ldi. Uning uzoqdan bergan kuchli zarbasi oldida koreyalik darvozabon Kim Dong Jin ojiz qoldi.

Butun uchrashuv davomida yoshlarimiz o`yinda ustunlik qila olishdi deb aytaolamiz, lekin ularga so`ngi zarbada va bir birlariga to`p uzatishda biroz aniqlik etishmadi. Koreyaliklarning qarshi hujumlari esa ancha havfli tus oldi.

Shu tariqa uchrashuv 2:1 hisobida o`z yakuniga etdi. Hamyurtlarimiz guruhdagi ikkinchi uchrashuvni Iroq yoshlariga qarsha o`tkazishadi. Uchrashuv 16 yanvar kuni Suhaim Bin Hamad stadionida bo`lib o`tadi.

Bilasiz. Iroq jamoasi o`tgan chempionat g`olibi. Iroqlik yoshlar guruhdagi birinchi o`yinida Suriya yoshlari ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozonishgan va hozirgi holat bo`yicha Iroq yoshlari guruhda birinchi o`rinda turishibdi.

Tarkiblar

O`zbekiston U-23: Abdumavlon Abdujalilov, Akrom Komilov, Maksimilian Fomin, Vladimir Kozak, Jamshid Boltaboev, Otabek Shukurov, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov, Dostonbek Hamdamov, Igor` Sergeev, Eldor Shomurodov

Janubiy Koreya U-23: Kim Dong Jin, Mun Chang Jin, Li Chang Min, Xvang Xi Chang, Yong Jay Min, Syon Ju Xun, Sim Sang Min, Jin Syong Uk, Li Syol Chan, Ryu Syong Vu, Park Yong Vu

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Хасан

    Қовунни туширишдию, а? Ўргилдим.

  2. Хасан

    Лекин бу ёшларимиз катталардан таркиб топган футболчиларимиздан анча яхши ўйнайди. Шунисига шукр. Мана санга олам олам гул……

  3. Arena

    O’yinni ko’rib zerikib ketdim. Bizzi bollaga o’ziga ishonch etishmadi. Atak yutsa bo’lardi. sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social