O`zbekiston uchun JCh-2014 saralash bosqichi yakuniga etganidan so`ng, O`zbekiston futbol Federatsiyasi rahbari Mirabror Usmonov milliy terma bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan uchrashdi va saralash yakunlarini atroflicha muhokama qildi. Pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng, 2012 yil iyun` oyidan beri milliy termaga ustozlik qilib kelayotgan Mirjalol Qosimov O`FF prezidentidan iste`foga chiqish uchun ruxsat so`radi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2015 yilgi Osiyo Kubogining final bosqichiga chiqish vazifasi qo`yilgan. Musobaqa saralash bosqichi doirasidagi V`etnam terma jamoasiga qarshi kechadigan o`yinga juda oz muddat qolgan. Shundan kelib chiqib, Mirabror Usmonov iste`fo biroz kechiktirilishini, hozir esa kayfiyatni tushirmay, bo`lajak mas`uliyatli o`yinlarga jiddiy xozirlik ko`rish zarurligini ta`kidladi.
O`zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga hozirda O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassislar orasidan munosib nomzodlar ko`rib chiqilmoqda. Mirabror Usmonovning qayd etishicha, terma jamoa boshqaruviga xorijdan tajribali mutaxassislarni jalb etish rejasi ham bor. O`FF rahbarining so`zlariga ko`ra, bosh murabbiyi masalasi 2014 yil yanvar` oyiga qadar hal etiladi.
Manba: www.the-uff.com
uje Mirjalolni o’rniga boshqasi kelishi kere
Mirjalol ancha narsa qildi endi kamandaga yangilanish kerak.
O’zbegiston milliy terma jamomiz uchun oyinchilar imkoniyatidan mukamal darajada foydalana oladigon murabbily lozim mavrinyo yoki germanya terma jamosi murabbiyi kabi.Ajoyib o’yin korsata oladigon ajoyib tezkor hujumlar tashkil eta oladigon murabbiy lozim O’zbegiston terma jamoasida oynayotgan oyinchilar ajoyib oyinchilar va ular bu ishlarni bajara oladi!!