O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 14 avgust kuni “London shahrida bo`lib o`tgan XXX yozgi Olimpiada o`yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi Farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko`ra, to`rtta sportchimizga London shahrida bo`lib o`tgan XXX yozgi Olimpiada o`yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro`-e`tibori va nufuzini oshirishga qo`shgan katta hissasi uchun faxriy unvonlar berildi.
Jumladan, Sobirov Rishod Rashidovich (dzyudo) va Tigiev Soslan Vaznoevich (erkin kurash) “O`zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Boks bo`yicha London 2012 yozgi olimpiada o`yinlari bronza medali sohibi Atoev Abbos Abdurazzoqovich (boks) “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi” unvoni bilan taqdirlandi.
London 2012 erkin kurash bo`yicha oltin medali sohibi Taymazov Artur Borisovich (erkin kurash) yurtimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish ishiga qo`shgan ulkan hissasi, Olimpiada o`yinlarida yuksak natijalarga erishgani uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Ofarin Artur