O’zbekiston sportchilari Rio-2016 olimpiyadasiga jo’nab ketishdi

O’zbekiston sportchilari Rio-2016 olimpiyadasiga jo’nab ketishdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tadigan navbatdagi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston sportchilari akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil va og’ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, trampolin, o’q otish, erkin va yunon-rum kurashi kabi qator sport turlari bo’yicha bahslashadi.

rio

O’zbekiston sportchilari Rio-de-Janeyro shahriga «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasining maxsus samolyotida jo’nab ketdi. Olimpiya o’yinlar 5-avgustdan 21-avgustgacha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tadi.

Sportchilarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 

Manba: gazeta.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social