O`zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi bo`lib o`tgan dastlabki o`rtoqlik uchrashuvida 0:1 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuv Olmaliq shahrida bo`lib o`tdi.
Birinchi bo`limda Mirjalol Qosimov maydonga butunlay yangilangan tarkibni tushirdi. Jamoamiz asosini, Odil Ahmedovni inobatga olmaganda, faqat milliy chempionatimizda to`p surayotgan futbolchilardan tashkil topdi.
Birinchi bo`limni vakillarimiz juda yaxshi boshlashdi. Ammo o`yinning 20 daqmqasiga kelib, hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 25 mert uzoqlikda belgilangan jarima zarbasidan so`ng to`p darvoza ustuniga tegib qaytdi va qaytgan to`pni Al-Muhajriy darvozaga yo`lladi, 0:1.
Ikkinchi bo`limda terma jamoamiz o`yinini kuchaytirish uchun tarkibga o`zgartirishlar kiritildi. Ammo tarkibdagi o`zgarishlar hisobdagi o`zgarishni taminlay olmadi va o`yin 0:1 hisobi bilan yakun topdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Ummon terma jamoalari o`rtasidagi o`yin 29 may kuni “Jar” stadionida o`tkaziladi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.