O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Yaponiya terma jamosi ustidan g`alaba qozondi va Osiyo chempionligini qo`lga kiritdi.
style=”font-size: small;”>Aytish kerakki, o`yin haqiqiy finalga xos tarzda o`tdi. O`yinning ilk daqiqalaridan hujumga otlangan Yaponiya o`smirlari 6-daqiqadayoq hisobni ochishdi.
Ikkinchi bo`limda vakillarimiz nihoyat o`zlariga kelishdi va 52-daqiqada butun uchrashuv davomida faol harakat qilgan Akobur To`raev hisobni tenglashtirdi.
G`olibni aniqlash masalasi esa penal`tilar seriyasiga qoldirildi. Lotareyalar bahsida darvozabonimiz Sarvar Karimov ikki bor raqib zarbasini qaytardi, vakilllarimiz esa barcha zarbalarni aniq bajarishdi. Yapon futbolchisining so`nggi zarbasiga esa aniqlik etishgani yo`q.
Shu tariqa biz chempionmiz va ushbu g`alaba bilan barchangizni chin dildan muborakbod etamiz!
O`zbekiston (U-16) – Yaponiya (U-16) 1:1 (0:1) (Penal`tilar bo`yicha 3:1)
Gollar: Akobir To`raev (51) – Mizutani Takuma (6).
O`zbekiston (U-16): Sarvar Karimov, Jamshid Boltaboev, Islom Ismoilov, Akromjon Komilov, Ulug`bek Davlatov (Ilhom Abdug`aniev, 64), Ravshan Xursanov, Ibrohim Abdullaev, Islombek Karimov, Dostonbek Hamdamov (Adham Ahmadjonov, 46), Otabek Shukurov (s), Akobir To`raev (Alisher Mirzaev, 90)
Yaponiya (U-16): Nagasava, Ishida (Xiroki, 78), Suzuki, Motegi, Vataru, Sugimoto, Aoyama (Koki, 57), Mizutani Takuma (88),Miyamoto, Miyoshi,Kazuya (S).
Hakamlar: Abdulrahmon Abdu (Qatar), Abdulloh Al Shalvay (Saudiya Arabistoni), Xsu Min Yu (Xitoy Taypei), Strebre Delovski (Avstraliya)
Komissar: Jerri Xuang Song (Xitoy).
Mana bularni qahramonlar desa bo’ladi! Ushbu o’g’lonlarni ota-onasiga katta rahmat!!!!
Буларкану! БАРАКАЛЛА!
Афсус уйинни тамоша килолмадим. Нима булсаям боплашди йигитларимиз.