O`zbekiston Xitoy ustidan g`alaba qozondi

O`zbekiston Xitoy ustidan g`alaba qozondi

JCh-2014 saralashi 9-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun` kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi bo`limningning 31-daqiqasida maydon egalari vakili Vang Yon Do hisob, Xitoyliklarni oldinga olibchiqdi. 1:0. Ushbu goldan keyin Qosimov shogirllari o`yindagi ustunlikni biroz bo`lsa-da qo`llariga oldilar va 44-daqiqada hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqishdi. Bu vaziyatda, milliy terma jamoa hujumchisi Ulug`bek Baqeov chamasi 25 metrlardan kuchli zarba yo`llab xitoyliklar darvozabonini ortda qoldirdi va birinchi bo`lim 1:1 hisobi bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo`limni O`zbekiston termasi yana faollik bilan boshladi. Raqib jarima maydoni oldida xavfli hujumlarni yuzaga keltirgan hamyurtlarimiz xitoyliklarni ancha shoshirib qo`yishdi. Ana shunday vaziyatlardan birida Shohrux Gadoev yaqin masofadan darvozani ishg`ol qila olmadi. Uning kuchli zarbasi noaniq ketdi. Shu kuni ko`k libosda harakatlangan futbolchilarimiz baribir yana bir gol kiritishni uddalashdi. 54-daqiqada chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Server Jeparov shoshmasdan aniq zarba bilan O`zbekistonni oldinga olib chiqdi, 1:2.

Uchrashuvda har ikkala terma jamoa vakillari qator o`zgarishlarni amalga oshirishdi. Jumladan, O`zbekiston tarkibida maydonga Farhod Tojiev, Aleksandr Geynrix, Fozil Musaev, Oleg Zoteevlar tushirildi. Lekin shu kuni darvozalarga boshqa to`p kiritilmadi.

Shunday qilib terma jamoamiz muhim uchrashuv oldidan chiroyli o`yin namoyish etib g`alaba qozondi. Endi vakillarimiz Koreya poytaxti Seulga uchib ketishadi. 11 iyun` kuni JCh saralash doirasida J.Koreya va O`zbekiston termalari hal qiluvchi o`yinda ishtirok etishadi. Agar shu kuni O`zbekiston g`alaba qozonsa, JCh yo`llanmasini muddatidan oldin qo`lga kiritadi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. dj-91

    Ey bo’larkanku, Bizni futbolchilar uydan ko’ra safarda yaxshi o’ynashyapdi. Endi Koreyani ham yutub kelishsa, Brazilaga chiptalarni zakaz qilaversa ham bo’ladi.

  2. BRNHR

    Zo’r o’ynashdi, Gap yoq O’zbekiston!!!!! Bu yog’iga bosish kerak, Koreayani ham yutish kerak!!!!! Ole ole ole !!!!

  3. Jamshid

    Олға Ўзбекистон!!! Кечадаки ўйин бўлса Кореяни аниқ ютамиз!!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social