O`zbekiston – Yaman 1:0! O`yindagi yagona golni Aleksandr Geynrix 51 daqiqada kiritdi.
JCh 2018 yo`llanmasi saralash bahsining 3-tur o`yinini terma jamoamiz o`z maydonida Yaman termasiga qarshi o`tkazishdi. Bu o`yin muttaxasislar, ham futbol muxlislari, ham jurnalistlar tomonidan juda katta qiziqish bilan kutilgan edi.
Milliy terma jamoam tarkibi oldingilaridan butkul farq qildi. Jamoa murabbiy Samvel Babayan bu tarkibni “Terma jamoa tarixidagi eng kuchli tarkib” deb aytib o`tgan edi.
O`yin to`liq hamyurtlarimiz ustunligi ostida o`tdi. Juda ko`p xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo`lishdi, lekin oxirgi zarbani berishda hamyurtlarimizga “omad” etishmadi.
1:0 hisobida qozonilgan g`alabadan keyin Milliy terma jamoamiz o`z hisobiga birinchi 3 ochkoni yozib qo`ydi. Terma jamoaning keyingi uchrashuvni 6 sentyabr kuni mehmonda Filipin termasiga qarshi o`tkazadi. Umid qilamizki ushbu uchrashuvda omad jamoamiz a`zolari tarafida bo`ladi.
мобода бу йил хам чика олмаса мардикорликка жунатиб юбориш керак
ureeeee )))
gapizga qushilaman lekin bu bolla mardikorlikkayam yaramiydi
bu safar yutdik, keyingi uyin albatta yutqizamiz ((( shu termamizning uynash usuli
yutqizish termamizzi odat tusiga kirib qogan, kimdir esloliydimi qachon jamoalarimiz o’yinini g’alabasiga ishonch bilan ko’rib o’tirganimizzi????