20 noyabr kuni jahon chempionati boshlanadi, bunga juda oz muddat qoldi. Qatar o‘z tarixidagi eng asosiy sport turnirini qabul qilishga chog‘lanmoqda. O‘yinlarni o‘tkazish uchun 8 ta arena tayyorlab qo‘yildi. Ularning barchasi ushbu maqolamizda.
Ixchamlik – 2022 yilgi jahon chempionatining eng asosiy xususiyati deb aytishadi tashkilotchilar. Darhaqiqat, katta turnir deyarli bir shaharda – mamlakat poytaxti Dohada o‘tkaziladi. Bir-biridan eng uzoqda bo‘lgan 2 ta stadion orasidagi masofa 75 km ni tashkil qiladi.
Agar Doha markazidan yo‘lga chiqilsa, eng uzoqdagi stadiongacha bo‘lgan masofa atigi 46 km. Jahon chempionatining ochilish o‘yini «Al-Bayt» stadionida o‘tkaziladi. Keling, shundan boshlaymiz.
«Al-Bayt» stadioni
Ochilgan yil: 2021 | Sig‘imi: 60 000 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Qatar — Ekvador (20 noyabr, 21.00), | Marokash — Senegal (23 noyabr, 15.00), |
Angliya — AQSh (25 noyabr, 23.59), | Ispaniya — Germaniya (27 noyabr, 23.59), |
Niderlandiya — Qatar (29 noyabr, 20.00), | Kosta-Rika — Germaniya (1 dekabr, 23.59); |
1/8 final (4 dekabr, 23.59); | 1/4 final (10 dekabr, 23.59); |
yarimfinal (14 dekabr, 23.59). |
«Al-Bayt» 2022 yilgi jahon chempionatining ikkinchi eng muhim stadionidir. Unda turnirning ochilish o‘yini hamda yarimfinallardan biri o‘tkaziladi. «Al-Bayt» Doha markazidan 46 km masofadagi «Al-Xur» shaharchasida joylashgan va bu Qatar poytaxtidan eng uzoqdagi arena.
Stadion tashqaridan katta chodirga o‘xshaydi. Uning dizayni Fors ko‘rfazi mintaqasidagi boy va zodagonlar tomonidan o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy katta chodirlar – «bayt ash-sha’ar»dan ilhomlangan. «Al-Bayt»ning tomi yopiladi.
Jahon chempionati yakunlangach, «Al-Bayt» sig‘imi 32 ming tomoshabinga tushadi – bu yerda mahalliy «Al-Xur» jamoasi o‘yinlarini o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Arena atrofidagi binolar qulay besh yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi. Arenada savdo markazi, fud-kort va sport zali tashkil etiladi. Stadion atrofida dam olish maskanlari, yugurish va velosport yo‘laklari, shuningdek, ot minish joylaridan iborat katta istirohat bog‘i quriladi.
Lusail Sport Arena
Ochilgan yili: 2022 | Sig‘imi: 80 000 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Argentina – Saudiya Arabistoni (22 noyabr, 15.00), | Braziliya – Serbiya (24 noyabr, 23.59), |
Argentina – Meksika (26 noyabr, 23.59), | Portugaliya – Urugvay (28 noyabr, 23.59), |
Saudiya Arabistoni – Meksika (30 noyabr, 23.59), | Kamerun – Braziliya (2 dekabr, 23.59); |
1/8 final (5 dekabr, 23.59); | 1/4 final (9 dekabr, 23.59); |
yarimfinal (13 dekabr, 23.59); | final (18 dekabr, 20.00). |
Lusail – jahon chempionatining asosiy arenasi. Yarimfinallardan biri va final bilan birga bu yerda o‘nta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Stadion Doha markazidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Jahon chempionati paytida uning sig‘imi 80 000 tomoshabinni tashkil etadi.
Lusailning shakli va tashqi ko‘rinishi arab dunyosidagi san’at va hunarmandchilikka xos bo‘lgan piyola va boshqa idishlardagi dekorativ naqshlarga mos keladi.
Ajablanarlisi shundaki, jahon chempionati yakunlanganidan keyin stadion buzib tashlanadi va ko‘p funksiyali markaz sifatida qayta quriladi. U yerda maktab, do‘konlar, poliklinika joylashadi. Rejaga ko‘ra, bu markaz shu atrofda qurilayotgan turar joy massivining diqqatga sazovor joyiga aylanishi kerak.
«Xalifa International» stadioni
Ochilgan yili: 1976 | Qayta ta’mirlandi: 2017 yil |
Sig‘imi: 45 416 tomoshabin | JCh-2022 o‘yinlari: |
Guruh bosqichi: | Angliya – Eron (21 noyabr, 18.00), |
Germaniya – Yaponiya (23 noyabr, 18.00), | Niderlandiya – Ekvador (25 noyabr, 21.00), |
Xorvatiya – Kanada (27 noyabr, 21.00), | Ekvador – Senegal (29 noyabr, 20.00), |
Yaponiya – Ispaniya (1 dekabr, 23.59); | 1/8 final (3 dekabr, 20.00); |
3-o‘rin uchun o‘yin (17 dekabr, 20.00). |
Jahon chempionatining sakkizta stadionidan faqat bittasi turnir uchun maxsus qurilmagan. Biroq «Xalifa Intenational» sovitish tizimi, yangilangan fasad va yoritish tizimini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli rekonstruksiyadan o‘tdi va sig‘imi 12 ming o‘ringa oshirildi. Arena Doha markazidan 11 km uzoqlikda, mashhur Aspire akademiyasi va unga tegishli loyihalarga juda yaqin joylashgan.
Qayta ta’mirlashdan so‘ng, «Xalifa International» yengil atletika bo‘yicha 2019 yilgi jahon chempionati va 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qildi.
2022 yilgi jahon chempionati tugaganidan keyin stadion Qatarning asosiy sport arenasi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi.
«As-Sumama» stadioni
Ochilgan yili: 2021 | Sig‘imi: 40 000 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Senegal – Niderlandiya (21 noyabr, 21.00), | Ispaniya – Kosta-Rika (23 noyabr, 21.00), |
Qatar – Senegal (25 noyabr, 18.00), | Belgiya – Marokash (27 noyabr, 18.00), |
Eron – AQSh (29 noyabr, 23.59), | Kanada – Marokash (1 dekabr, 20.00); |
1/8 final (4 dekabr, 20.00); | 1/4 final (10 dekabr, 20.00). |
«As-Sumama» stadioni Doha markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan. Arena dizayni mintaqa madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan Yaqin Sharqdagi yoshlar va erkaklar tomonidan kiyiladigan bosh kiyimi – kufiyatdan ilhomlangan va uni eslatadi.
Jahon chempionatidan so‘ng «As-Sumama» sig‘imi ikki baravarga kamayib, 20 mingga tushiriladi. Qayta qurilgan arena shunchaki futbol stadioni emas, balki ko‘p funksiyali markaz sifatida ishlatiladi. Tribunalarning yuqori qavati o‘rnida butik-mehmonxona tashkil etiladi, sport tibbiyoti klinikasi bo‘limi va bir nechta savdo nuqtalari ochiladi.
«Ahmad bin Ali» stadioni
Ochilgan yili: 2020 | Sig‘imi: 44 740 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
AQSh – Uels (21 noyabr, 23.59), | Belgiya – Kanada (23 noyabr, 23.59), |
Uels – Eron (25 noyabr, 15.00), | Yaponiya – Kosta-Rika (27 noyabr, 15.00), |
Uels – Angliya (29 noyabr, 23.59), | Xorvatiya – Belgiya (1 dekabr, 20.00); |
1/8 final (3 dekabr, 20.00). |
«Ahmad Bin Ali» stadioni Doha markazidan 22 km uzoqlikda, Ar-Rayyan shahrida joylashgan. Arena mahalliy, asosan bir-ikki qavatli binolarga juda mos tushadi va Qatarning ikki yetakchi jamoasidan biri – «Ar-Rayyan» klubiga qarorgoh bo‘ladi. Masalan, uning tarkibida kolumbiyalik Xames Rodriges va 2018 yilgi jahon chempioni, fransuz Stiven Nzonzi o‘ynayapti.
Jahon chempionatidan so‘ng «Ahmad Bin Ali»ning sig‘imi ikki barobarga qisqartirilib, 20 mingga tushiriladi. Arena «Ar-Rayyan» ko‘p tarmoqli sport klubining markaziga aylanishi rejalashtirilgan, bu yerda, masalan, gandbol va voleybol jamoalari bor. Stadion yonida suv markazi, futbol va kriket maydonlari, tennis kortlari va skeyt parki, shuningdek, keng yashil hududga ega istirohat bog‘i barpo etish rejalashtirilgan.
«974» stadioni
Ochilgan yili: 2021 | Sig‘imi: 40 000 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Meksika – Polsha (22 noyabr, 21.00), | Portugaliya – Gana (24 noyabr, 21.00), |
Fransiya – Daniya (26 noyabr, 21.00), | Braziliya – Shveytsariya (28 noyabr, 21.00), |
Polsha – Argentina (30 noyabr, 23.59), | Serbiya – Shveytsariya (1 dekabr, 23.59); |
1/8 final (5 dekabr, 23.59). |
Jahon chempionatining eng g‘ayritabiiy stadioni va ehtimol, jahon chempionatlari tarixidagi eng g‘ayritabiiy stadion. «974» arenasi 30 ming tonna po‘lat konstruksiyalar va 974 ta yuk konteyneridan qurilgan – arena nomi shundan kelib chiqqan. Stadionning barcha intererlari – kiyinish xonalari, hakamlar xonasi va boshqalar tom ma’noda konteynerlar ichida joylashgan. Yagona istisno – VIP hudud, u yerda Qatar amiri oilasi darajasidagi shaxslar yoki FIFA rahbariyati o‘yinlarni tomosha qilishadi.
«974» – jahon chempionatining havoni sun’iy sovitish tizimi bo‘lmagan yagona arenasi. Shamollatish tabiiy usulda – konteynerlar orasidagi teshiklar, tom va tribunalar orasidagi teshiklar orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, stadion ko‘rfaz qirg‘og‘ida joylashgan va dengizdan esgan shabada bilan sovitilishi ham mumkin. «974» arenasidagi barcha o‘yinlar kechki vaqtga rejalashtirilgan.
Arena deyarli Doha markazida joylashgan. Jahon chempionati yakunlanganidan keyin «974» buzib tashlanadi. Konteynerlar yana yuk tashish kompaniyalariga beriladi. 30 ming tonna metall konstruksiyalar ham sotib yuboriladi. Ulardan xuddi shu loyihaga o‘xshash stadionni yig‘ish mumkin.
«Edakeyshn Siti» stadioni
Ochilgan yili: 2020 | Sig‘imi: 45 350 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Daniya – Tunis (22 noyabr, 18.00), | Urugvay – Janubiy Koreya (24 noyabr, 18.00), |
Polsha – Saudiya Arabistoni (26 noyabr, 18.00), | Janubiy Koreya – Gana (28 noyabr, 18.00), |
Tunis – Fransiya (30 noyabr, 20.00), | Janubiy Koreya – Portugaliya (2 dekabr, 20.00); |
1/8 final (6 dekabr, 20.00); | 1/4 final (9 dekabr, 20.00). |
Stadion «Ar-Rayyan» hududida, Doha markazidan taxminan 20 km uzoqlikda joylashgan. Atrofda yirik universitet markazi – «Ta’lim shahri» (ingliz tilida – Education City) kampuslari bor. Arena nomi shundan kelib chiqadi.
Stadionning tashqi ko‘rinishi olmos qirralariga o‘xshash murakkab shakldagi geometrik naqshlarni tashkil etuvchi uchburchaklardan iborat. Bu esa arenaga yana bir norasmiy nom berdi – «Sahro olmosi».
Jahon chempionati yakunlangach, stadionning yuqori qavati buziladi. Konstruksiyalar esa sport infratuzilmasi yetishmaydigan qashshoq mamlakatlarga topshiriladi. Arena sig‘imi taxminan 25 ming o‘rindiqqacha qisqartiriladi. Rejaga ko‘ra, stadion talabalar va mahalliy aholi mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yirik markazga aylanadi.
«Al-Janub» stadioni
Ochilgan yili: 2019 yil | Sig‘imi: 40 000 tomoshabin |
JCh-2022 o‘yinlari: | Guruh bosqichi: |
Fransiya – Avstraliya (22 noyabr, 23.59), | Shveytsariya – Kamerun (24 noyabr, 15.00), |
Tunis – Avstraliya (26 noyabr, 15.00), | Kamerun – Serbiya (28 noyabr, 15.00), |
Avstraliya – Daniya (30 noyabr, 20.00), | Gana – Urugvay (1 dekabr, 20.00); |
1/8 final (5 dekabr, 20.00). |
Stadion Doha markazidan 20 km uzoqlikdagi Al-Vakra shaharchasida joylashgan. «Al-Janub» stadioni jahon chempionatining eng janubiy nuqtasidir, nomi ham shundan kelib chiqqan. Eng shimolda joylashgan Al-Xurdagi «Al-Bayt» stadionigacha bo‘lgan masofa 75 km.
Stadion loyihasi ustida zamonamizning eng mashhur va iqtidorli arxitektorlaridan biri Zaha Hadid ishlagan. Arenaning dizayni Fors ko‘rfazidagi marvarid g‘avvoslari tomonidan ishlatiladigan an’anaviy dou qayiqlari yelkanlaridan ilhomlangan. «Al-Janub»ning tomi yopiladi.
Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng stadion sig‘imi ikki barobarga qisqartirilib, 20 mingga tushiriladi. U mahalliy «Al-Vakra» klubi arenasiga aylanadi. 2020 yilda «Al-Janub» yonida yugurish va velosiped yo‘laklari bo‘lgan katta park tashkil etildi.
Бир ой буладиган нарса учун шунча харакат
Juda 4iroyli lekin qiliwgan
Futbolmi?
Hm Aziza
Raxmat
Qimmat bumaganda borardim
Yaxwi qiliwibti
Zur joyla
2 hafta qoldi!!!!!!
Angliya chempion!