O`tgan jaxon birinchiligida ko`pchilik tomonidan eng yaxshi xakam deb e`tirof etilgan FIFA referisi O`zbekistonlik Ravshan Ermatov klublar o`rtasida bo`lib o`tgan jaxon chempionati finalida xakamlik qildi.
Bu yil Ravshan Ermatov uchun 3 chi katta xalqaro final o`yinlarini boshqarishi: yanvar oyining oxirida Osiyo Kubogi xal qiluvchi o`yini Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari, noyabr oyida Osiyo chempionlar ligasi finali “Al`-Sadd” va “Chonbukom” klublari o`rtasida kechgan uchrashuvlarni boshqargan.
Klublar o`rtasidagi jaxon birinchiligi final o`yini 18 dekabrda Yaponiyada “Barselona” va “Santos” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Ravshan Ermatovga yon chizziqlarda Abduhamidullo Rasulov va Baxadir Kuchkarovlar yordam berishdi.
Aytishimiz mumkinki o`yinning birinchi bo`limining o`zidayoq “Barselona” jamoasi o`yin taqdirini o`z foydasiga hal qilib qo`ydi. Birinchi bo`limning o`zidayoq “Barselona” jamoasi “Santos” jamoasi darvozasini 3 marta ishg`ol qilishga muvofaq bo`lishdi. O`yinning 17 – daqiqasida Lionel Messi o`yindagi hisobni ochdi. 24 – daqiqada Xavi, birinchi bo`lim oxirida esa Sesk Fabregas o`yindagi uchinchi golni kiritdi. Lionel Messi o`yinda o`z dubliga 82 – daqiqada erishdi.
Bu g`alaba “Barselona” jamoasini bu musobaqa rekordsmeni qildi: kataloniya klubi birinchilardan bo`lib bu musobaqaning ikki karra g`olibi bo`ldi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatov esa ikkinchi marotaba bu musobaqaning final o`yinini boshqardi. Hamyurtimizga kelgusida ham jaxon birinchiligida hal qiluvchi o`yinlarni boshqarishini tilab qolamiz!
Равшан Эрматовга яна куп шунака уйинларни обориш насиб килсин. молодец уз ишини билади!
мана бу билан фахрланса булади!
яхшику, лекин кейин Равшан бошка давлатга кетмасин. чунки у ва бошка кобилиятли уйинчиларимиз тушайфи, Узбекистон дунё даражасигача кутарилиши мумкин…