«Real» – «Al-Jazira» 2:1

«Real» – «Al-Jazira» 2:1

Klublar o’rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida “Real” jamoasi BAA ning “Al-Jazira” klubini mag’lubiyatga uchratdi. Uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi “Shayx Zayed” stadionida bo’lib o’tdi va mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo’limning oxirida Al-Jazira o’yinchisi Mbark Boussufa jarima maydonchasiga yetib keldi va chap qanot himoyachisi Romarinxoga yordam berdi, Romarinxo esa pastki burchakka gol urdi va hisobni ochdi.

IMG_7612

53-daqiqada Krishtianu Ronaldu jarima maydonida Luks Modrichdan to’pni qabul qilib oldi va o’ng pastki burchakka aniq zarba berdi. 81-daqiqada Lukas Vazkes jarima to’pini uzoq burchakdan oshirdi va Garet Beyl to’pni darvozaning bo’sh burchagiga aniq joylab qo’ydi.

Klublar o’rtasidagi jahon chempionatining finalida “Real” Braziliyaning “Gremio” klubi bilan o’ynaydi. “Al-Jazira” esa Meksikaning “Pachuca” klubi bilan uchinchi o’rin uchun maydonga tushadi.

IMG_7610

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social