Real chorak finalda

Real chorak finalda

Evropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Manchester Yunayted” o`z uyida “Real” ni qabul qildi. Birinchi bo`lim juda ham qiziqarli boshlandi. Ikkala jamoa ham vaziyatni o`z tarafiga og`dirib, raqib darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlar uyushtirishdi. Ammo hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo`lim maydon egalari uchun juda yaxshi boshlandi. O`yinning  48-daqiqasida Nanining zarbasida so`ng Serxio Ramos  o`z darvozasini ishg`ol etib, avtogol muallifiga aylandi.  1:0. Shu tariqa “Manchester Yunayted”  ikki o`yin natijasiga ko`ra oldinga chiqib oldi.

O`yinning 56 daqiqasida bosh hakam Nanini xavfli o`yini uchun qizil kartochka bilan jazoladi. “Real” futbolchilari bir kishi ko`p bo`lib harakat qilib, o`yining 66-daqiqasida Luka Modrich hisobni tenglashtirdi. 1:1

Oradan 3 daqiqa o`tib, Krishtianu Ronaldo jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.  2:1. 10 kishi bo`lib harakatlangan “Manchester Yunayted”  o`yin oxirida raqib darvozasi oldida juda ham ko`p xavfli vaziyatlarni uyushtirishdi.  Ammo “Real” himoyachilari va darvozabon ishonchli o`yin namoyish etishdi.

Hisob 1:2 natijasi bilan “Real” foydasiga xal bo`ldi va Joze Mourin`yu shogirtlari muhim g`alabani qo`lga kiritib, chorak finalga yo`l oldi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nodir

    O’yinga gap yo’q. Bo’ldi real yutish kerak edi. Shunday ham bo’ldi. Real olg’a!!!

  2. dj_89

    Muallif Nodir: Atak hakam Nanini chiqarvormaganda real yutolmasdi. 10-11 o’ynagandan keyin yutadide. Xakam realga yon bosdi.

  3. doni

    Muallif dj_89: bu o’yinda hakamni ayblash qiyin. Men o’ylayman hakam xaq edi. Nani juda havfli o’ynadi.

  4. Gol

    болла уйинни купчили курди, манимча хакам бу уйинда хакконий карор чикарди, эсилада буса худди шу хакам утган йилиям барса челси уйинида Террига кизил карточка бериб стадиондан чикиш эшикларини курсатиб юборувди, лекин шунга карамасдан челси барсани енгди, бу гал эса шунга ухшаш сценарийда булди, лекин ижрочилар бошка эдилар, так что хакам бу ерда умуман айбдор эмас

  5. benzema

    real har bir pozitsiyada kuchli edi, Ronaldo, Kaka, Modrichlani o’yinini ko’rdilami, MU himoyachilarini ancha ter to’kishiga to’g’ri keldi, Real hozirgi kunda eng kuchli klubladan bittasi

  6. 159

    kecha hakam Naniga qizil kartochka bergan vaziyatda Ferguson saqichini yutib quydimi? bechora maydonga yugirib chiqib hakamni eb quyay dediyu, lekin tan olish kere MU uyin oxirida realni ancha qiynab quydi

  7. Номаълум

    kechagi uyinni etseng kupchili birinchi bulib hakamni esliydi, uzi hakam nima ish qildi manimcha u hech qanday ayb ish qigani yuq, uyinni juda yaxshi olib bordi

  8. -

    кечаги уйинда МЮ мухлисларига караганда барса мухлисларига анча аламли маглубият буган буса кере хаммадан куп шулар афсусланишди хакамми эса роса сукишгани аник

  9. Номаълум

    tugri, kechagi uyin barsa muxlislari uchun udaaar buldi, chunki realning har bir mag’lubiyati ular uchun g’alaba, har bir g’alabasi esa bu udaaar

  10. карим

    милан билан кечган уйиндан кейин барса мухлислари анча жонланиб колишди, реал ва миландан олган маглубиятларидан кейин анча жим юришганди, манимча сешанба кечаси проста омади кеб колди

  11. 159

    bechora milan, barsani yig’ib yurgan anchagina alamlarini uziga oldi kecha, uyin ham qandaydir evro 2012 ni eslatti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social