Braziliyalik hujumchi Ronaldo Amerika ikkinchi diviziondagi «Fort-Loderdeyl Straykers» jamoasida o`z kar`erasini davom ettirish xohishini bildirdi, hamda u ushbu jamoaning sohibi hisoblanadi.
«Men ilgari yana o`ynayman deb aytgandim, biroq bu kechroq bo`ladi», – deya aytib o`tdi Ronaldo.
38-yoshli hujumchining oxirgi klubi Braziliyaning «Korintians» klubi bo`lgan, unda u 2011-yilda o`ynagan edi.
Ronaldo bir necha marotaba har xil mashxur tashkilotlar va nashrlar bo`yicha sayyoraning eng yaxshi o`yinchisi deb tan olingan. Braziliya terma jamoasi hujumchisi futbol bo`yicha jahon chempionatida ikki marotaba g`olib bo`lgan va ikki marotaba «Oltin to`p» sovrinining sohibiga aylangan edi.
Ronaldo «Barselona», «Inter», «Real», «Milan», PSV kabi klublarda o`ynagan. Shuningdek, u bir necha mashxur laqablarga ham ega bo`lgan (Zubastik va Fenomen).
Manba: Lenta.ru