Bugun Ispaniya futbol federatsiyasi vakillari “Real” futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos klassikodan so`ng bosh hakam Undiano Mal`enko sha`niga aytilgan tanqidiy fikrlarini o`rganib chiqishadi.
“Real” futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos “Real” va “Barselona” o`yinidan keyin so`ng bosh hakam Undiano Mal`enko sha`niga tanqidiy gaplarni aytgan edi. Bu ikki futbolchi refereni “Barselona”ga yon bosganlikda ayblab chiqgan. Ushbu o`yinda “Real” 3:4 hisobida mag`lubiyatga uchradi, Mal`enko esa mezbonlar darvozasiga ikkita penal`ti belgilab, o`yining 64 daqiqasida Serxio Ramosni maydondan chetlatgan edi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval shunga o`xshash holatlarda Pep Gvardiola, Xerar Pike va Anxel` Di Mariyalar jazolangan edi.
To’g’ridi o’yinni to’gri o’ynamagandan keyin sudya jazolaydide. Bu erda 100% hakam haq! Barsa o’sha kuni kuchli o’ynadi
Sarvar Barsani muhlisa bo’lganiz uchun hakamni haq deyapsizde. Atak bu o’yinda barsa emas sudya g’alaba qozondi.