28-oktyabr` kuni «Vecherniy Urgant» deb nomlanuvchi ko`rsatuvda 2018-yilda Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Jahon Chempionatining ramzi rasman taqdim etildi. Shuningdek, mazkur ramziy belgi yorug`lik texnikasi orqali Moskvadagi katta teatrning old tomonida namoish etildi.
Taqdimotda FIFA prezidenti yozef Blatter, FIFA bosh sekretari Jerom Val`ke, RF sport vaziri Vitaliy Mutko, 2006-yilning futbol bo`yicha jahon chempioni Fabio Kannovaro (Italiya) va MKS jamoasi ishtirok etdilar.
«Rossiya-2018» orgkomitetning press-xizmati maxsus habarida rasmiy ramzning ma`nosini tushuntirib berishdi:
«Ushbu mashxur tarihiy lahzani etkazib berish uchun, chempionat ramzining dizayni o`ziga boy rus sa`nat omillarni, tarihiy yangiliklarni va mamlakatning yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan.
Chempionat ramzining yuqori qismidagi mo`jizali to`p halqaro futbolga bo`lgan sevgini tasvirlaydi. Uning e`lementlariga Jahon Chempionatining va Rossiyaning noyob belgilarni kiritilgan. Hamda, mazkur ramziy belgi mo`jiza va orzuni birlashtiradi.
O’zbekistonga Rossiya 2018 da qatnashish nasib qilsin