“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Sant`yago Bernabeu” stadionini rekonstruktsiya qilish bo`yicha tanlovda GMP Arquitectos va L35 Ribas kompaniyalari g`olib chiqishganini ma`lum qildi. Stadionni rekonstruktsiya qilish ishlari 2014 yil boshida boshladi. Ishning asosiy rejasi may oyida boshlanib, qarib 2,5 yil davom etadi. “Sant`yago Bernabeu” ning yangi ko`rinishi 2017 yilda tayyor bo`ladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 400 mln evro mablag` sarflanishi rejalashtirilmoqda. Bulardan 300 mln evro qurilish ishlariga, qolgan 100 mln evro esa xujjatlar va litsenziya uchun sarflanadi.
Faoliyatimizdagi eng muhim loyihalardan biri, “Sant`yago Bernabeu”ni 21-asrning eng eng yaxshi stadioniga aylantirmoqchimiz,- deydi “Real” prezidenti Florentino Peres.
Bizni mega planetga o’xshirkanmi?
bu stadionniyam bizzikilar qurishsa kere
bizlardan dizayn olishdi )))