Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov – «ChessKid» turniri g‘olibi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov – «ChessKid» turniri g‘olibi

Nodirbek Abdusattorov sovrin jamg‘armasi 235 000 AQSh dollari bo‘lgan «ChessKid» onlayn turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi musobaqaning eng yuqori – 1-divizionida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda grand finalga qadar yetib kelib, hal qiluvchi o‘yinda amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona surdi.

Qayd etish joiz, bu raqiblar bungacha mazkur musobaqa yarimfinalida ham uchrashishgan va unda Nodirbek g‘alabaga erishgandi. Karuana o‘tish o‘yinlari orqali grand finalga yetib kelgandi. Qiziqarli o‘tgan bahsda Abdusattorov amerikalik 30 yoshli raqibini navbatdagi marta mag‘lub etib, turnirning mutlaq chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek «ChessKid» turnirining ilk bosqichida fransiyalik Yules Mossardni 2,5 – 0,5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, yarimfinalda Karuanadan 2,5 – 1,5 natijasi bilan ustun kelgan, finalda esa niderlandiyalik Yorden van Forest 2,5 – 1,5 hisobida dog‘da qoldirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Abu-Dabida o‘tgan shaxmat sammitida O‘zbekiston shaxmat jamoasi Osiyoda eng yaxshisi deb e’tirof etilgandi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Tabrikliman!

  2. Gulli

    G’oliblik bilan tabriklayman omad

  3. Тимур

    Шунака чемпионла купайсин давлатимизда!

  4. Gulli

    Assalom alaykum aytganis kelsin Õzbekistoning iqtidorli yoshlari borligini bilib qoyishsin õzbekiston kelajaki porloq yoshlari bor davlatimiz da baxtlimiz

  5. Komil

    Sal qayiltirvordiz lekin rofl

  6. Gulli

    Ha yaxshi

  7. Qodir

    good maladec

  8. Shox

    Ofarin!

  9. Aziza

    Yana bir bor tabrikliman

  10. Gulli

    Men ham tabriklayman ularga omad bundanda yaxshi natijalarga erishsin inshaalloh

  11. Dilshod

    good dance

  12. Shodiya

    smile

  13. Botir

    Omad!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social