“Xatiko”, “Titanik”, “Yashil maskan”: neyrotarmoq sevimli filmlarning baxtli yakunini namoyish etdi

“Xatiko”, “Titanik”, “Yashil maskan”: neyrotarmoq sevimli filmlarning baxtli yakunini namoyish etdi

“Midjourney” neyrotarmog‘i biz sevib tomosha qiladigan filmlar baxtli yakun topganda ularning so‘nggi sahnalari qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qilib berdi. Ko‘pchilikka yoqib tushgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan.

“Xatiko: eng yaxshi do‘st” filmida (2008) jonivor o‘z egasi bilan topishadi.

“Forrest Gamp”da (1994) Jenni Karren to‘ydan hech qancha vaqt o‘tmay turib, OITSdan vafot etmaydi, turmush o‘rtog‘i bilan o‘g‘il farzandini birgalikda tarbiya qiladi.

“Yo‘ldan ozib” serialidagi (2008-2013) Jessi Pinkman giyohvand moddalar qabul qilish natijasida vafot etmagan Jeyn Margolis bilan oila quradi va rafiqasi bilan birga Yangi Zelandiyaga jo‘nab ketadi.

Neyrotarmoq “Leon” (1994) filmi uchun ham baxtli yakun sahnalarini ishladi. Unga ko‘ra, Jan Reno qahramoni otishma vaqtida halok bo‘lmaydi, Matilda voyaga yetguniga qadar unga vasiylik qilishda davom etadi.

“Gladiator” filmida (2000) esa Maksimus halok bo‘lmaydi va oilasi bilan birgalikda baxtli hayot kechiradi.

“Titanik”ning (1997) neyrotarmoq tomonidan yaratilgan yakuniy sahnasida Leonardo Di Kaprio qahramoni Jek qutqaruv qayig‘iga chiqib omon qoladi. Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Foydalanuvchilar so‘nggi sahnada Rouz yotgan qayiq bo‘lagi ustiga Jekning ham bemalol joylashishi mumkinligini uzoq muhokama qilishgan. Qizig‘i shundaki, buni film rejissori Jeyms Kemeronning o‘zi ham tan olgan.

“Yashil makon” (1999) filmining neyrotarmoq tomonidan yaratilgan yakuniy sahnasida Jon Koffi nafaqat qatldan omon qoladi, balki 2 nafar qizaloqni ham qutqarishning uddasidan chiqadi.

“Men afsonaman” filmida (2007) Uill Smit qahramoni va uning sodiq do‘sti zombilar bosqinidan omon qoladilar.

Kommentlar: 35 komment. 35 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. cry wu kinolani kursam, har doim yigliman

  2. Тимур

    Шундай тугаганда, купчилига екмасиди манимча

  3. Turi etas, hamma kino yaxwili bilan tugasa, odamla kurmi ketadi

  4. Gulnoza

    Xatiko sorry sad

  5. Rasmlani zor qibti

  6. Forrest Gamp sad

  7. Mahmudbek

    Yashil makondek yig’lattiradigan kino bo’lmasa kerak

  8. Midjourney zo’r rasmlar qiladi, to’g’ri so’rov yuborsa

  9. Muxlisa

    Zo’r

  10. Sulaymon

    Gap yõq

  11. Shaxnoza

    Menga hamma kinolar yoqadi

  12. zo’r good

  13. Xatikodaka yig’latadigan kino chiqmagan hali

  14. Ha toʻgʻri aytasiz ajoyib kino insoni yigʻlatadi bu kino

  15. Titanikchi?

  16. Titanikni qatida yigliz?

  17. Shu kinoni krmaga man lekin. Koʻp eshitganman

  18. Titaniknimi?

  19. Ha shuni

  20. Zur kino, kurin smile

  21. Assalomu alaykum Hammaga qalaysizlar Aziza qalaysiz yaxshimisiz Hoʻoʻoʻoʻp endi koʻraman

  22. Salom alaykum! Keyin fikrlarizi yozvorarsiz smile

  23. Aziza kinoni koʻrdim lekin uncha menga yoqmadi yoki tez tez oʻtirib koʻrganim uchunmi bilmadim qiziqarli boʻlib tuyulmadi menga endi xatiko degan kinoni koʻrman bugun smile u qanaqa ekan

  24. Vay Xatiko kursez tayyor bulin, rosa yiglisiz

  25. Hoʻp koʻrib boʻlib keyin javob yozaman u kino haqida smile

  26. Aziza kinoni koʻrdim juda ajoyib ekan itga rossa rahmim keldi lekin men koʻrganda boshqa aktyorlar Xitoyliklar edi smile bechora itning umri faqat egasini ishdan kelishini kutib oʻtadi keyin 2_3yilikda shunga oʻxshash palma degan it haqida ham kino boʻlib oldi koʻrganmisiz

  27. Ha, wunday kinolar bor, faqat Xatiko eng mawhuri, u nomiga haykalam quyiwgan

  28. Oxooooo zorkuuu ha lekin bir tomondan olib qaralganda bu it haqiqiy vafodorlikni oʻzida mujassam qilib tasvirlangan desam adashmagan boʻlaman bunga nima deya olasiz chindan it vafodorlik timsoli qilib koʻrsatilgan

  29. Qogan kinolani hammasini kurganmisiz?

  30. Ha lekin deyarli koʻrganman desa boʻladi
    koʻrmaguncha esimga tushmidi tanish koʻrinadi koʻrib chiqsam esliyman hammasini smile

  31. Kurin, siz qaysi tilda kuras kinolani?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social