“Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 10-turida “Real” ga qarshi o’yinida ishonch bilan g’alaba qozondi. Uchrashuv Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida bo’lib o’tdi va 5-1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo’ldi.
Kataloniyalik yarim himoyachilar Filippo Koutino va Arturo Vidal bittadan gol urishdi, shuningdek, Luis Suarez tomonidan xet-trik amalga oshirildi. “Real” ning yagona gol muallifi, himoyachi Marcelo bo’ldi.
“Barselona” 21 ochko bilan Ispaniya chempionati birinchi pog’onasini egallab turibdi, Real esa 14 ochko bilan 9-o’rinni egalladi.
Qani Realchilar, “zato Chempionlar ligasini uch marta ketma ket olgan” deb yozinglar
zato Chempionlar ligasini uch marta ketma ket oldik