O`zbekiston milliy terma jamoasi futbol buyicha 2014 yili jaxon chempianati da ishtirok eta oladimi? Bu savol xamma muxlisslarni qiziqtirishi muqarrar. Bu savolga javobni saralash boshqichlari tugaganidan keyin bilib olishimiz mumkin. Chunki 2014 yili Braziliyada o`tkaziladigan jaxon birinchiligida ishtirok etish uchun saralash o`yinlarining 3 – boshqichi ham boshlandi. Xozircha biz faqat terma jamoamiz oxirgi o`yinlarini tahlili (muxokamasi) bilan fikr almashishimiz va albatta milliy terma jamoamiz 20 – jaxon chempionati ishtirokchisi deb umid qilib qolishimiz mumkin.
Agar milliy terma jamoa oxirgi o`yinlarini qarab o`tsak, uning imkoniyatlari oz muncha xavotirga soladi. O`yinlar xaqida gapiradigan bo`lsak, xar doyimgidek bizning o`yinchilarimizga tezlik, texnika va bir – birlari bilan tushunib o`yin olib boirshlari ustida yanada ko`proq mashq qilishlariga to`g`ri keladi. Himoyada o`ynaydigan futbolchilarimiz esa yanada ko`proq mashq qilishlari kerak. Chunki har doimgidek himoyadagi o`yinchilarning tartibsiz harakatlaridan, raqib jamoa o`yinchilari unumli foydalanishayapdilar.
2 – Sentyabrada Tadjikistonda bo`lib o`tgan o`yin 0:1 hisobi bilan bizning milliy terma jamoa foydasiga hal bo`ldi. Bu o`yin keyingi o`yinlar oldidan juda yaxshi mashq vazifasini o`tab berdi desak mubolag`a bo`lmaydi. Sababi keyingi o`yinlar juda tajribali terma jamoalar bilan bo`lib o`tadi. 6 – sentyabrda biz o`z maydonimizda Yaponiya terma jamoasi qabul qildik. Bu o`yinni juda ko`plab yurtdoshlarimiz sabrsizlik bilan kutishgani aniq. Buni muxlislarning Paxtakor markaziy stadionini to`ldirib o`tirishlaridan ham yaqqol sezildi. O`yin o`zi juda shiddatli tarzda bo`lib o`tdi. Oldin bizning terma jamoa hisobda oldinda bordi. O`yinning ikkinchi yarmida esa raqib terma jamoa futbolchilari o`yin hisobini tenglashtirishdi. Bu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Bu uchrashuvlardan keyin O`zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ikkinchi o`rinni egallab turibdi. Ular hisobida 4 ochko mavjud. Guruhdagi holatga baho beradigan bo`lsak, bizning ko`rsatkichlarimiz yomon emas. Yaponiya terma jamoasi bilan bizning milliy terma jamoa hisoblarida to`rttadan ochko bor. Endi milliy terma jamoamix o`yinlarini sabrsizlik bilan kutib qolamiz, unga faqat va faqat g`alabalar tilab qolamiz. Olg`a O`zbekiston!