UEFA chempionlar ligasi o`yinlari endi «Uzreport TV» da

UEFA chempionlar ligasi o`yinlari endi «Uzreport TV» da

Endilikda millionlar o`yini ishqibozlari Ko`hna qit`aning klublar o`rtasidagi eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Evropa Chempionlar ligasi o`yinlarini mazkur telekanal orqali “jonli” ravishda (eng muhimi bepul) tomosha qilishlari mumkin. «Uzreport TV» EChL o`yinlarining O`zbekistondagi translyatsiya huquqini sotib oldi.

Telekanalning bizga ma`lum qilishicha, EChLning barcha uchrashuvlari – guruh o`yinlaridan boshlab to finalga qadar «Uzreport TV»da namoyish etiladi.

Bundan tashqari, «Highlights» – EChL o`yinlarining muhim vaziyatlari va gollari haqidagi hamda turli futbol musobaqalar haqidagi «Magazines» telejurnallari ham telekanal orqali muxlislar e`tiboriga havola etiladi.

EChL guruh o`yinlari 15 sentyabrdan boshlab namoyish etilishi ko`zda tutilgan.

Manba: www.uff.uz

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. MrD

    Bo’larkan-u. Ato …

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social