UEFA o’yindan keyingi penaltilar seriyasi yangi tizimini kiritadimi?

UEFA o’yindan keyingi penaltilar seriyasi yangi tizimini kiritadimi?

UEFA o’yindan keyingi penaltilar seriyasiga yangi tizim kirtishi mumkin.

Bu tizim allaqachon 17 yoshgacha bo’lgan ayollar Yevropa chempionatining yarim final o’yinidagi Germaniya va Norvegiya terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda sinovdan o’tgan.

Yangi tizim mohiyati shundan iboratki, top tepishni boshlagan jamoaning birinchi zarbasidan keyin, ikkinchi jamoa ketma-ket ikki marotaba top tepadi. Keyin birinchi jamoa ikki marotaba ketma-ket top tepadi. Shunga o’xshash tizim tenisda tie-breaker da ishlamoqda.

UEFA bu tizimning qo’llanilishini shunday izoxlamoqda – “Hozirgi tizimda birinchi penalty tepgan jamoa psixologik ustunlikga ega bo’ladi”. Bu holatni statistika ham ko’rsatmoqda: o’yindan keyingi penaltilar seriyasida g’alabali vaziyatlarning 60 foizi penaltini birinchi tepishni boshlagan jamoalarga tegishli. Endi UEFA yangi tizimni keng joriy etish haqida bosh qotirmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social