Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi AIBA (Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi) rahbariyati bilan bog’liq tergovni boshladi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi rahbariyati Olimpiya o’yinlarida boks bo’yicha qaror chiqarishdan ikkilanmoqda. Olimpiya qo’mitasi hali ham Rio Olimpiya o’yinlaridagi Rossiya bokschilari Yevgeniy Tishchenko va Vladimir Nikitin natijalarini o’rganib chiqmoqda.
“Bir vaqtlar biz ushbu janglarda AIBAdan xabarlar oldik. Shunga qaramay, biz ko’proq ma’lumot talab qildik va bu masala bo’yicha hali ham manfaatdormiz.
XOQ ijroiya kengashi XOQ bilan amalga oshirish uchun zarur bo’lgan operativ masalalardan tashqari AIBA bilan barcha aloqalarni muzlatdi ” – deb XOQ rahbari Tomas Bax aytib o’tdi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Olimpiya o’yinlari-2020 dasturidan boksni qo’ymaslik haqida o’ylamoqda.
O’zbekiston boks terma jamoasi medal umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallab, dunyoda eng kuchlilar unvoniga sazovor bo’lgan. O’zbekistonni vakili bo’lgan 10 nafar bokschidan 7 nafari medallar bilan taqdirlangan edi.
Braziliyadagi 2016-yilgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston sportchilari mamlakatimiz mustaqilligining tarixida eng yuqori natijani ko’rsatdi.
Olimpiada-2020 dasturidan boksni olib tashlash qarori o’zbek boksiga qanday ta’sir qiladi?