“Yamalni cho‘miltirayotgan Messi” surati soxtami?

“Yamalni cho‘miltirayotgan Messi” surati soxtami?

Bir necha kun avval Lamin Yamalning otasi ijtimoiy tarmoqlarda surat joyladi: hali olti oylik ham bo‘lmagan Laminni Lionel Messi cho‘miltirmoqda.

Hammani o‘ylantirgan savol — bu surat soxta emasmi? Ammo yo‘q, bu haqiqatan ham 2007-yilda sodir bo‘lgan.

Xayriyaviy tasvirga olish. Bu qanday sodir bo‘ldi?

2007-yil dekabr oyida Joan Montfort ushbu fotosuratni oldi. U The Athletic nashriga shunday dedi: “Bu suratni tushirish juda qiyin bo‘ldi. Men buni amalga oshirish uchun juda ko‘p harakat qildim”.

Bu “Barselona” va Diario Sport o‘rtasidagi xayriya loyihasi uchun suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan: surat 2008-yil taqvimida chop etilgan, tushgan mablag‘ esa Kataloniyadagi xayriya tashkilotlari va UNICEF’ga tarqatilgan.

“Barselona” vakillari bolalar bilan suratga tushdi — har oy taqvim uchun 12 nafar futbolchi ro‘yxatda bor edi. Messi chaqaloq Yamalni oldi.

Montfort shunday esladi: “Messi hozir tortinchoq, lekin o‘sha paytda hozirgidanda uyatchan edi. U plastik vannadagi bola va onasining yoniga bordi. Avvaliga hech qanday reaksiya bildirmadi, lekin keyin asta-sekin jarayon o‘xshay boshladi”.Onasining borligi Laminga o‘zini ishonchli his qilishga yordam berdi.

Bunday suratlardan kamida uchta bor: ularning ikkitasida Messi Yamalning yonida, yana birida esa uni qo‘llarida ushlab turgani tasvirlangan.

Bu aqlbovar qilmaydigan holat, deydi Montfort. O‘shanda bu bolaning kim bo‘lishini hech kim tasavvur qila olmasdi. Messi ham oxir-oqibat dunyoning eng buyuk futbolchilardan biriga aylandi.

U har bir ishtirokchi oilaga fotosuratlar berishga harakat qildi. “Futbolchiga unchalik ahamiyat bo‘lmasligi mumkin, ammo ota-onalar juda xursand. Ular Barselonadan 40 km uzoqlikda yashagan. Hamma ham kichkina bolasi bilan bunchalik uzoqqa kelishga rozi bo‘lmaydi.

Yamal tug‘ilganda Messi allaqachon Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Yamal 2007-yil 13-iyulda tug‘ilgan. O‘sha paytda u besh oylik bo‘lgan. Messi o‘sha on “Barsa”ning kattalar jamoasida to‘rtinchi mavsumini o‘tkazayotgan edi. Bu vaqtga kelib u ikki marta La Liga va yana bir bor Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

“Barselona” yangi 2008-yilga “Real Madrid”dan 7 ochko farq bilan o‘tdi. Mavsum oxirida bu farq 18 taga yetdi. Shu bilan birga, “Barselona” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi va Moskvadagi finalga bora olmadi. Messi bu turnirlarda jamoasi uchun ter to‘kayotganda, Yamal o‘zining birinchi tug‘ilgan kunini nishonlashga hozirlik ko‘rayotgandi.

Lamin yetti yoshida “Barselona” akademiyasiga o‘qishga kirdi. Bu vaqtga kelib Messi allaqachon Ispaniyaning olti karra chempioniga aylangan, uchta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, bir mavsumda 73 ta gol urgan va to‘rtta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi.

Yamal 12 yoshga to‘lganida, Marca u haqida alohida maqolada yozgan: jurnalistlar uni Messining nusxasi deb hisoblashgan, uni akademiyaning eng yaxshi futbolchisi deb bilgan va klub uni bir necha yildan keyin saqlab qoladimi, degan savolga qiziqish bildirgan. Messi o‘shanda bir mavsumda 40-50 gol urishda davom etgan va oltita “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

Endigina 15 yoshga kirgan Yamalni Xavi asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga taklif qildi. O‘sha paytda Messi “PSJ”dagi ikkinchi mavsumini boshlagan edi. Va u Yamal 15 yoshida “Barsa”da debyut qilgan paytda Fransiyadagi faoliyatini tugatdi.

Lamin bosh jamoada debyut qilganida, Chempionlar Ligasida o‘ynashni boshlaganida, birinchi golini urganda Messi MLSga, “Inter Mayami”da faoliyat olib borayotgan edi.

Yamal Messini o‘zining ideali deb ataydi, Leo Yamalning La Masiadagi gollaridan hayratda qolgan

Yamal, ehtimol, Messi haqidagi savollardan charchagan. Sababi yosh futbolchi muvaffaqiyatli har bir o‘yindan so‘ng u haqda to‘xtalib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. 2023-yilning dekabr oyida u shunday degan edi: “Messi mening kumirim. Doim shunday bo‘lgan. U menga ilhom beradi. Leo Messidek boshqa futbolchi bo‘lmaydi”.

Murabbiylar futbolchini Messi bilan taqqoslashda ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi.

Misol uchun, Xavi shunday dedi: “Messi bilan solishtirish yomon ta’sir qilishi mumkin. Ha epizodlarda, chap qanotdan markazga kiradi. Chap oyoqda o‘ynashi, texnikasi Leoni eslatadi. Ammo solishtirmaslik yaxshiroq”.

Bu esa Barselona akademiyasining sobiq direktori Aureli Altimiraning so‘zlari:

U Leo emas, lekin Yamal unga juda yaqin. Agar u darvozaga o‘n marta zarba bersa, to‘qqizta holatda to‘p ustunlar orasidan o‘tadi. U jarima maydonchasida xotirjam harakat qiladi. U 18 va 19 yoshli futbolchilar qilmagan ishlarni qiladi. U tabiiy iste’dodga ega.

Messi Yamal timsolida “Oltin to‘p” uchun kurasha oladigan futbolchini ko‘rmoqda.

Lamin Yamal hali juda yosh, lekin “Barselona”da juda yaxshi o‘ynayapti va muhim o‘yinchiga aylandi.

Odamlar Laminni yaqindan taniy boshladi, lekin men uni olti yildan beri “La Masiya”da “Real”ga qarshi o‘ynab, uchta gol urgan paytdan bilaman. Uning gollari meni ham hayratda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya—Fransiya uchrashuvida Lamin Yamal uzoqdan zarba yo‘llab ajoyib gol urdi va o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Кизик, ман буни фейк диб уйлаб юрардим

  2. Тимур

    Ростанам бугани ва 16 ешда бу бола шундай уйнаши хакикий мужиза

  3. Тимур

    Испания Еврони ютади ният киламан

  4. Lekin chiroyli gol urdi shu bolakay good

  5. Finalda Ispaniyaga bolet qilaman heart

  6. Samandar

    Siz 16 yoshda nima qilgansiz? rofl

  7. Darvinni cho’miltirsin, ko’proq gollar urar rofl

  8. Bitta qoratappini cho’militiribti de, nima qibti endi rofl

  9. Dilshod

    dash debil, nima divossan?

  10. To’g’risi de, muncha gap bo’lmasa bitta qoratappi dib

  11. Natijada ikkalasi ham chempion

  12. Finalissima cool

  13. Kimlar bular?

  14. Hech kim

    Qora tappi rofl kmdirlaga oxwab qoravoy rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social