“Real” top-5 ligalarda “Yuventus”ning rekordini yangiladi
Bu “Real” uchun 1989/90-yilgi mavsumdan keyin eng erta qo‘lga kiritilgan chempionlik bo‘ldi. 32 yil avval ham jamoa mavsum tugashiga to‘rt tur qolganda masalani hal qilgandi. O‘shandan keyin madridliklar 9 marta La Liga bosh sovriniga ega chiqdi.
“Qaymoqranglilar” Primerada 35-marta chempionga aylandi. Bu orqali Madrid jamoasi A Seriyaning 34 karra g‘olibi “Yuventus”ni ortda qoldirib, top-5 ligalar klublari orasida eng ko‘p chempionlikka erishgan jamoaga aylandi.
“PSJ” Fransiya chempioniga aylandi
Bundesliga. “Bavariya” muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi
Qayd etish kerak, “Bavariya” uchun bu Bundesligadagi ketma-ket 10-chempionlik bo‘ldi, jamoaning umumiy g‘alabalari soni esa 32 taga yetdi. Murabbiy Yulian Nagelsmann “Bavariya” bilan ilk marta mamlakat chempionatida g‘olib bo‘ldi.
“Trabzonspor” 38 yil deganda ilk bor Turkiya chempioniga aylandi
Shu tariqa “Trabzonspor” 1984-yildan beri ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar jamoa olti marta (1976, 1977, 1979, 1980 va 1981-yillar) liga g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.
35-tur doirasidagi o‘yin yakunlangach, trabzonlik muxlislar maydonga chiqib ketdi va chempionlikni futbolchilar bilan birga nishonladi.
RPL. “Zenit” ketma-ket 4-marta Rossiya chempioniga aylandi
Shu tariqa Sankt-Peterburg jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marta va o‘z tarixida 8-bor Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu borada “Zenit” faqat “Spartak”dan (10 ta sovrin) ortda bormoqda.
Piterliklar ustozi Sergey Semak murabbiylik faoliyatidagi 7-sovringa ega chiqdi. U futbolchilik davrida 10 ta sovrin yutgandi.
ikkita 4empionat qobtide, angliya va italiya
Real CHL ni ham oladi
City va Milan 4empionatlarida yutsa kere
Liverpulmasmi?
siti quyvormasa kere, a tak ke4a zur uyin buldi
kuramiz kuramiz endi