O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 2013 yili Turkiyada bo`lib o`tadigan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
/>O`zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak final o`yinida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdib, asosiy va qo`shimcha vaqtda 2:2 hisobida durang o`ynadi. Asosiy vaqtda g`olib terma jamoa nomi aniqlanmadi, va futbolchilar yana o`yinga qo`shib berilgan har biri 15 minutdan ikki bo`lim to`p surishlariga to`g`ri keldi.
Qo`shimcha vaqtda ham tomonlar gol urishni uddasidan chiq olishmadi. Penal`tilar seriyasida omad Ahmadjon Musaev shogirdlariga kulib boqdi: Suriya terma jamoasi futbolchilari uchta imkoniyatdan birortasini golga aylantira olishmagan bo`lsa, O`zbekiston terma jamoasi vakillari – Vladimir Kozak, Sardor Sobirxo`jaev va Temur Hakimov nuqtadan o`zlariga ishnob topshirilgan imkoniyatdan unumli foydalanishdi, penal`tilar seriyasidagi hisob O`zbekiston – Suriya 3:0.
Musobaqa reglamentiga ko`ra, ushbu g`alabadan so`ng O`zbekiston yoshlar terma jamoasi nafaqat 2012 yilgi Osiyo chempionati yarim finali, balki 2013 yilda Turkiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionati final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Osiyo chempionati yarim final uchrashuvi 14 noyabr` kuni, Ras al-Xaymadagi «Emireyts» stadionida bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinda Eron – Janubiy Koreya juftligi g`olibi O`zbekistonga raqib bo`ladi.
ёшларимиза койилман, куриб мазза килдим. Болларга рахмат
Амановга балли, келажакда ажойиб дарвозабон булиши куриниб турибди, олга ёшларимиз
Barakalla yoshlar!!! Zo’r o’yin bo’ldi.
Bugun futbolchilarimizga omad tilab qolaman!!!
barakala uzbek yoshlari! shunaka uyinlar bilan chempion bulish xech gapmas