Yoshlarimiz chorak finalda (+video)

Yoshlarimiz chorak finalda (+video)

Gretsiya – O`zbekiston 1:3 va yoshlarimiz chorak finalda! Barchani ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz!

medium;”>Turkiyada yoshlar o`rtasida bo`lib o`tayotgan Jahon chempionati nimchorak finalida, yoshlarimiz Gretsiya yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Aytib o`tish kerakki bu o`yinda yoshlar terma jamoamizda ko`p yo`qotishlar bo`ldi. Asosiy ikki markaziy himoyachilarimiz keyingi uchrashuvda ishtirok etishaolishmaydi. Shunga qaramay o`yin juda qizziqarli tarzda o`tdi.

O`yinda hisobni vakillarimiz ochishdi. Birinchi bo`lim 26-daqiqasida Vladimir Kozakning raqib jarima maydonchasiga kutarib bergan to`pini Abbosbek Maxstaliev ajoyib tarzda raqib darvozasiga joylab qo`ydi. Oradan ko`p o`tmay, aniqrog`i 33  daqiqaga kelib hisob 1:1 ko`rinishiga keldi. Bu gal Gretsiya yoshlar terma jamoasi vakili Stafilidiz  darvozamizga belgilangan 11 metrlik jarimadan unumli foydalandi. Birinchi bo`lim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo`limda ikkala terma jamoa ham tashabbusni o`z qo`llariga olishga harakat qilishdi. Lekin bu gal omad bizning yoshlarimiz tarafida edi. O`yinning 62 daqiqasiga kelib Igor Sergeev raqib darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarima to`pini gol bilan yakunladi. Hisob 1:2, yoshlarimiz oldinda. Vakillarimizni quvontirgan yana bir vaziyat o`chrashuvning 83 daqiqasida yuzaga keldi. Bu gal ham Gretsiya posboni qo`riqlayotgan darvozasi tomon 11 metrlik jarima to`pi belgilandi. Bu gal esa Sardor Rahmonov penal`tini amalga oshirdi va hisob 1:3.


O`yin 1:3 hisobida yakun topdi. Keyingi o`yinni yoshlarimiz chorak finalda Frantsiya – Turkiya juftligi g`olibi bilan kuch sinashadi. Charok finalda omad vakillarimiz tomonida bo`lishini tilab qolamiz. Yoshlarimizga omad!

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    ёшларимизга гап йук, уларга омад

  2. messi

    6yinni buzvoriwdi tak derjat Olg’aaaaaa

  3. akrom

    uzbegim meni, faxrim meni! man bugun judayam hursandman, Hudoga shukur

  4. Номаълум

    ishqilib shu 6yinini y6qotiwmasinde

  5. Odil

    Keyingi o’yinda Fransiyaga qarshi Omad, davay olg’a faqat

  6. Номаълум

    Ey yashavoriylar!!!! Yoshlar biz sizlar bilan fahrlanamiz…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social