“Chelsi” Evropa Ligasi g`olibi

“Chelsi” Evropa Ligasi g`olibi

 

Evropa Ligasi 2012/13 mavsumi finalida Portugaliyaning “Benfika” va Angliyaning “Chelsi” jamoalari o`zaro to`qnash kelishdi. O`yin portugaliyaliklarning hujumi bilan boshlandi. O`yinning ko`p daqiqalarida lissabonliklar maydonda ko`proq ter to`kishdi.

Biroq hisobni 60-daqiqada Fernando Torres ochdi. Petr Chex boshlab bergan hujumdan so`ng ispaniyalik forvard raqib himoyachisi Luizaodan o`tib ketdi va darvozabonni ham aldab o`tib, darvozaga to`pni kiritib yubordi.0:1. “Chelsi” muxlislarining xursandchiligi uzoqqa cho`zilmadi. Aspilikueta o`z jarima maydonida to`pni qo`li bilan o`ynadi – penal`ti. Uni Oskar Kardoso aniq amalga oshirib, o`yindagi mufozanatni tikladi. 1:1

Uchrashuv so`nggida “Chelsi” jamoasining tajribasi qo`l keldi. “Benfika” qo`shimcha vaqtlarga tayyorlanib turgandi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan 90+3 daqiqaning so`nggisida Branislav Ivanovich Mataning burchakdan etkazib bergan to`pini darvozaning uzoq burchagiga aniq yo`llab qo`ydi. Bu vaziyatda raqib posboni, to`pni darvozaga kirishini kuzatib qoldi. 1:2. Shu tariqa “Chelsi” Evropa Ligasi g`olibiga aylandi.

 

Barcha “Chelsi” ishqibozlarini ushbu g`alaba bilan tabriklaymiz.

 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    бенфикани шашти анча юкори эди, лекин омад челси тарафида эди!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social