Dunyo nimadan iborat? Inson nima eksa, shuni o‘rib oladi!

Dunyo nimadan iborat? Inson nima eksa, shuni o‘rib oladi!

Bir shogird o’z ustozidan so’radi:

– Ustoz, inson uchun dunyo dushmanmi? Yoki dunyo insonga faqat yaxshilik olib keladimi?

– Men senga dunyo insonga qanday munosabatda bo’lishi haqida bir hikoya aytib beraman – dedi ustoz.


“Qadimda buyuk qirol yashagan edi. U chiroyli qasr qurdiradi va qasrning ichida ko’p ajoyib narsalar bo’lgan. Ularning orasida bitta xona bor edi: unda tepa, devorlar, eshiklar va xatto pol ham oynali bo’lgan. Oynalar shunchalik tiniq edi-ki, xatto mehnomlar bu oyna ekanligiga tushunmas edilar. Oynalar jihozlarni juda tiniq ko’rsatar edi. Bundan tashqari, xonaning devorlari aks sado yaratar edi. Agarda “Sen kimsan?” deb gapirilsa, barcha tomondan “Sen kimsan? Sen kimsan? Sen kimsan?” degan javoblar eshitilar edi.

Bir kuni mazkur xonaga bir it kirib qoladi. It har tomonlama, tepadan, pastdan, yondan o’z aksini ko’radi. It hayratdan o’rtada bir oz qotib turgandan so’ng, tishlarini ko’rsatib jaxl qilishni boshlaydi. Barcha akslar esa unga ham shunday javob beradi. It qo’rqanidan akillashni boshlaydi, aks sadolar esa uni qaytarar edi.

It yanada balandroq akillashni boshlaydi. Aks sado ham hech to’xtamaydi. It havoni tishlamoqchi bo’lib, har tomonga yuguradi va aks ham huddi shuni qilar edi. Ertasi kuni bir xizmatkor shu xonadan o’lgan itni topadi. Bu xonada itga zarar yetkazadigan hech qanday narsa va inson bo’lmagan. It o’z akslari bilan urushib o’lgan edi”.


Shunday ekan, dunyo na yaxshilik, na yomonlik olib kelmaydi. Atrofimizda sodir bo’layotgan narsalar, hayollarimiz, istaklarimiz, xis-tuyg’ularimiz va harakatlarimizning aksidir. Dunyo – bu katta oynadir. Inson nima eksa, shuni o’rib oladi. Bu dunyoda yaxshilik ko’rmoqchimisan, unda yaxshilik qil! Yomonlik ko’rmoqchi bo’lganlar esa ….. o’ylashimcha hech kim yomonlik ko’rmoqchi emas. Shuning uchun yaxshilik qilishda davom et!!!


Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shokir

    Yaxshilik qilishda hech qachon to’htamaslik kerak deysizmi? Xalqimiz, yaxshilik qilma, yomonlik ham ko’rmaysan deyishadi. Bunga nima deysizlar?

  2. Amirxon

    Salom Shokir, yaxshilik qilmasak, dunyo yomonlikka to’lib ketadi! Har bir inson har kuni 1 marta yaxshilik qilsa ham, dunyo o’zgarib ketadi. Shunga yaxshilik qilish kere deb o’yliman

  3. Javlon

    Yaxshilik qil daryoga ot bilsa baliq bilmasa Holiq biladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social