Ijtimoiy tarmoqlar munosabatni buzmaydi! Ularni insonlar buzadi!

Ijtimoiy tarmoqlar munosabatni buzmaydi! Ularni insonlar buzadi!

Biz “Internet, facebook, odnoklassniki va boshqalar munosabatni buzadi” degan gaplarni ko’p eshitganmiz. To’g’ri, internet munosabat buzilishi bir omili deb hisoblanar, lekin asoson munosabatni insonlarning o’zlari buzishadi.

Xa, ijtimoiy tarmoqlar senga boshqa insonlar bilan muloqot qilishga imkoniyat beradi, ammo ular seni o’rningga qaror qabul qilishmaydi. Sen o’z harakatingga o’zing javob berishing kerak. Munosabarlarda sen o’zin barcha narsani hal qilasan.

Insonlar internet, behayo saytlar yoki boshqa insonlarni o’z munosabatlarida aybdor deb topsalar, bu narsa menga insonlarning eng yomon kamchiliklaridan birini eslatadi – bu haqiqatni tan olmaslikdir!

Agarda sening maqsading yaxshi munosabat qurish bo’lsa,  internetni o’chirib qo’y. To’g’ri, bu narsa shunchaki oson narsa emas. Lekin yuqorida aytganimizdek, barcha narsaga o’zing javob berasan.

Ammo agarda sening maqsading haqiqatdan ham kuchli, ishonchga asoslangan va baxtli munosabatni yaratmoqchi bo’lsang, ana shunda internet haqidagi qo’rquvingiz shunchaki katta muammoning cho’qqisi haqida bilishing kerak.

Sog’lom munosabatlarda sen o’z juftliging nima bilan band bo’lganiga havotir olmasligin kerak. Siz bir biringizga ishonishingiz va o’z-o’zingizga ham ishonishingiz kerak, toki internet seni noto’g’ri yo’lga olib kirmasin.

Internet, facebook, behayo filmlar sening muommoing bo’lishi mumkin lekin sen o’z ishonchingning asl sababini topishga va uni hal qilishga harakat qil.

Ishonchga ega bo’lish qiyin, ammo yo’qotish oson! O’ylab ko’ring sizning munosabatingizda bir-biringizga ishonch bormi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social