9 may Xotira va qadrlash kuni

9 may Xotira va qadrlash kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo`lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o`zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O`zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati ulug`lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni engib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi.

Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon xayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko`rsatayotgan g`amxo`rlik, xurmat-extiromda yanada yaqqol namoyon bo`lmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2013 yil 25 aprel kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi Farmonga imzo chekdi. Unga ko`ra, 9 may – Xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 68 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 500 000 so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti ajratildi.

Ulug` Vatan urushi davrida O`zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming o`zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar o`zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo`lgan.

Urush yillarida O`zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo`lgan.

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma`noga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham mo`tabar buvilarimizni xamda o`z Vatanini himoya  qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu jadalda kahramonlarcha xalok bo`lganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lochin

    hammani ajoyib bayram bilan tabriklayman

  2. Номаълум

    bayram muborak ikkinchi jahon urush qatnashchilari va aziz yurtdoshlar

  3. блэйд

    барчамизга галаба муборак булсин, кийин вазиятда колганларига карамасдан иккинчи жахон уруш катнашчилари “ватан туйгуси” деган ажойиб бир туйгуни ватанга булган мехрини курсатишган бундай матонат ва жосоратлари учун уларни хар кандай кадрласак мактасак арзийди

  4. Ferrare!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

    Hammani tabriklayman!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
    good

  5. Fazo.tv

    Rahmat Ferrare!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Sizni ham tabriklaymiz smile

  6. SHOHRUH

    Juda ajoyib

  7. shahrizoda

    salom hammaga hammani bayram bilan tabriklayman

  8. Fazo.tv

    Salom shahrizoda! Katta raxmat! Sizni ham bayram bilan

  9. Nodira

    Urush noming o’chsin dunyoda

  10. Suhrob Shavkatov

    Hammani bayram bilan tabriklayman

  11. Anvar

    Dunyoda har doim tin4lik bulsin!

  12. Malika

    Rahmat sizlarga.Sizlarni ham 9-may bilan tabriklayman.

  13. Lobar

    Hammani bayram bilan tabriklayman.

  14. Lobar

    Salom bayramlar bilan

  15. Odilbek

    hammani bayram bilan smile

  16. Dilnurichka

    Hammani tabriklayman

  17. Dilnurichka

    Lobar sizni ham tabriklayman

  18. asal

    barchani tabriklaymiz

  19. Gulli

    Assalom alaykum rahmat sizni ham tabriklayman

  20. Gulli

    Ismdosh ekanmiz ismingiz asalmi yoki gulasalmi

  21. Sardor Gamer

    assalomu alekum rahmatttt

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social