London 2012 ochilish marosimiga juda oz qoldi

London 2012 ochilish marosimiga juda oz qoldi

Bugun Londonda XXX Yozgi Olimpiada o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Olimpiada o`yinlari ochilish marosimi Olimpiyskiy stadionida bo`lib o`tadi. XXX Yozgi Olimpiada o`yinlari tantanali ochilish marosimi munosabati bilan Big-Ben va boshqada ko`ngg`iroqlar butun Buyuk Britaniya bo`ylab 3 daqiqa chalinib turadi.

Olimpiada ochilish marosimini to`rt yillikning nufuzli musobaqasi ajralmas qismi bo`lib qolgan davlat sportchilarining paradi ochib beradi. Bu paradda an`anaga ko`ra Olimpiyskiy stadioniga Gretsiya vakillari kirib kelishadi. Gretsiya vakillari dunyoga Olimpiada o`yinlarini sovg`a qilgan kabi kirib kelishadi, bu paradni esa mezbon, ya`ni Buyuk Britaniya olimpiachilari yakunlab berishadi. Bu tantanali ochilish marosimida taniqli o`zbek bokschisi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionatining sovrindori Elshod Rasulov O`zbekiston bayrog`ini ko`tarib chiqadi. Olimpiada o`yinlari ochiq deb e`lon qilish xuquqi Buyuk Britaniya Qurolichasi Elezaveta II ga berilgan.

Ochilish marosimining kul`minatsion joyi deb, Olimpiya olovining yoqilishi deb kutulmoqda. Bu olov olimpiya o`yinlari oxirigacha mana shu stadionda yonib turadi. Bu olovni yoqishni ishonib topshirilgan shaxs nomi qattiq sir saqlanmoqda.

1

London boshqa shaharlar orasida Olimpiada o`yinlariga 3 marta mezbonlik qiluvchi shahar sifatida tarixda qoladigan bo`ldi. Oldin bu erda Olimpiada o`yinlari 1908 va1948 yillari bo`lib o`tgan. Musobaqaga 204 ta mamlakatdan jami bo`lib 16 ming ta sportchilar London shahriga etib kelishgan. Ular 32 ta sport turi bo`yicha 302 ta juft medallar uchun bellashadilar. Yurtimizdan esa 54 nafar o`zbekistonlik sportchi 16 ta sport turi bo`yicha kurash olib boradi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    stadioni zor bezatib kuyishdi! endi ochilish marosimni xam ko’rish kerak!

  2. Gol

    Пекинда буб утган очилиш маросимидан кейин билмадим бу инглизлар нималарни уйлаб топишаркан, курамиз

  3. а

    курамиз, ман бу очилиш маросимини интизорлик б-н кутвомман

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social