Denis Istomin jarohati tufayli Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi!

2017 Australian open musobaqasining nimchorak finalida O‘zbekistonlik tennischi o’z ishtirokini yakunladi. Ikki yarim soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4 set natijasiga ko‘ra 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Ikkinchi set oxirlarida Istomin chap oyoq sonining orqa qismini shikastlab oldi va bu uning o‘yin natijasiga ta’sir qildi. Eslatib o‘tamiz, Istomin…

Denis Istomin ispaniyalik Karreno Bustani mag‘lub etdi!

Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag‘lub etdi. Uchrashuv 3 soat 30 daqiqa davom etdi. Besh set natijasiga ko‘ra Denis 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Denis Istomin bahs davomida 16 marta «eys»ni amalga oshirgan bo’lsa, 2 marta qo’shxatoga yo’l qo’ydi, 51 marta uzoq…

Denis Istomin jahonning ikkinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratdi!

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi hisoblangan Novak Jokovichni mag‘lub etdi. Denis Istomin Novak Jokovichni 7/6(10), 5/7, 2/6, 7/6(6), 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 4 soatu 48 daqiqa davom etgan. Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi Novak Jokovich musobaqalarida dunyo reytingining kuchli 100 o‘rin olmagan o‘yinchisidan ilk bor mag‘lubiyatga…

France Football: Ronaldo 4 karra “Oltin To’p” sohibi

Krishtiano Ronaldo o’z faoliyati davomida 4-bor “Oltin top” sohibiga aylandi. Xabaringiz bor mashhur France Football jurnali oltin top g’olibini aniqlash va mukofotni topshirish huquqini shu yildan boshlab yana o’ziga qaytardi. Va o’tgan mavsumning eng kuchli futbolchisini aniqlashni aynan France Football o’z zimmasiga oldi. Oltin ushbu mukofat FIFA va France Football hamkorligida topshirilardi. Ushbu yildan boshlab…

Ramos “El Clasico”da “Real”ni mag’lubiyatdan qutqarib qoldi! (+video)

“Real” Ispaniya chempionatining 14-turidan o’rin olgan o’yinda “Barselona” (1:1) bilan durang o’ynadi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida o’tdi. O’yinnig 53-daqiqasida Neymar tomonidan oshirib berilgan to’pni Luis Suares boshi bilan darvozaga joyladi va o’yinda “Barselona” hisobni ochdi – 1:0. Uchrashuvning oxirgi daqiqasi o’tib borayotganda “Real” jarima zarbasi tepish huquqini qo’lga kiritdi. Luka Modrich tomonidan amalga oshirilgan jarima…

Janubiy Koreya 2:1 O’zbekiston. O’zbekistonga omad yetishmadimi? (+video)

Jahon Chempionati – 2018 uchinchi saralash bosqichda Janubiy Koreya va O’zbekiston terma jamoalari o’zaro baxs olib borishdi. Natijada Janubiy Koreya 2:1 hisobi bilan O’zbekistonni yengdi! O’yinning 25-daqiqasida himoyachi to’pni darvozabonga uzatishda xatoga yo’l qo’ydi, darvozabon to’pni qaytarish uchun o’z jarima maydonini tark etdi. Marat Bikmaev to’pni egallab olib 35-40 metrlardan chap oyog’ida darvozani ishg’ol qildi…