11 ta xato: mag‘lublar dam olish kunlarini qanday o‘tkazishadi?

11 ta xato: mag‘lublar dam olish kunlarini qanday o‘tkazishadi?

Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band ekaningiz qay darajada muvaffaqiyatli ekaningizni ko‘rsatadi, deydi Ideonomika.

Siz aynan nima bilan shug‘ullanishingizning ahamiyati yo‘q. Agar sarguzashtlarga berilmay, uyda bekor bo‘lishni afzal bilsangiz, bu juda zo‘r! Ehtimol, sizga o‘zingizga kelib olish uchun vaqt zarurdir.

Biroq gap dam olish kunlari haqida borar ekan, muvaffaqiyatli kishilarni omadsizlardan ajratib turuvchi asosiy narsa – onglilik.

Siz bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazish haqida oldindan o‘ylab reja tuzasizmi?

Omadsizlar odatda amalga oshiradigan 11 narsa quyidagilar – ularni nima uchun chetlab o‘tish kerakligi haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Ular rejalashtirishni unutadilar

Dam olish kunining har bir daqiqasini rejalashtirish kerak emas, biroq o‘zingiz bajarmoqchi bo‘lgan narsa haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim.

Bu sizga o‘z vaqtingizni himoya qilish, ehtimol ayrim yoqimsiz mashg‘ulotlarni ham rejalashtirish imkonini beradi.

Ular yaqinlariga e’tibor berishmaydi

Siz uchun ahamiyatli kishilarga hafta davomida vaqt topish murakkab bo‘lishi mumkin. Ushbu yetishmovchilikni dam olish kunlarida to‘ldirishga harakat qiling.

Ular texnologiyalar ustunlik qilishiga yo‘l qo‘yadilar

Telefonni olib qo‘ying. Ishdagi elektron pochtani o‘chirib qo‘ying va hamkasblaringizga xabarlarga javob bermasligingizni ayting. Texnologiyalarga tobe bo‘lmang.

Ular hordiq chiqarishmaydi

Yolg‘iz yoki do‘stlar bilan dam olishingiz ahamiyatga ega emas, muhim sizga xursandchilik olib keladigan ishni amalga oshiring.

Ular kuni bo‘yi uxlashadi

Ehtimol juma kuni rosa charchaganingiz uchun kuchingizni tiklayotgandirsiz. Nima bo‘lganida ham bu holat uyqu siklini buzishi mumkin va uni tiklashga to‘g‘ri keladi.

Pulni juda ko‘p sarflashadi

Hafta davomida har bir chaqani tejaysiz va dam olish kunlari boringizni sarflaysiz.

Vaqti-vaqti bilan o‘zingizni siylashingiz kerak deb o‘ylaysiz. Biroq dam olish kunlari keraksiz narsalarga pul sarflasangiz, arzon, ammo yoqimli mashg‘ulotlarni o‘ylab topish kerak.

Ular fikrlash uchun vaqt ajratishmaydi

Og‘ir ish haftasi davomida hayotingiz va maqsadlaringiz haqida o‘ylash uchun vaqt ajratish mushkul. Buni vaqti-vaqti bilan amalga oshirish lozim.

Ularda dam olish kunlari umuman yo‘q

Juma kunida kelasi dushanba uchun reja tuzish – a’lo darajadagi g‘oya. Tayyor bo‘lish – ajoyib, ishga ko‘milib ketish esa – yo‘q. Hayotdan zavq oling va shanba hamda yakshanba kunlari dam oling!

Ular bekorchilik bilan mashg‘ul bo‘lishadi va keyin esa afsuslanadilar

Dam olish kunlari bekorchilik bilan band bo‘lish, dam olishning a’lo usuli. Biroq dangasalik tufayli zeriksangiz, asabiylashsangiz yoki muhim ishlarni bajarmasangiz, shanba va yakshanba kunlarini qanday o‘tkazayotganingiz borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim.

Ular juda charchashgan

Ayrim kishilar esa aksincha dam olish kunlariga juda ko‘p vazifalarni rejalashtiradilar.

Samarali bo‘lish uchun (o‘z-o‘zidan muvaffaqiyatga erishish uchun) dam olish kunlaridan foydalanish kerak. Agar dam olish kuni ham nafasni rostlash uchun vaqt topilmasa, dam ololmaysiz. Bu esa muvaffaqiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ular dam olishni juda xush ko‘rishadi

Yakshanba kuni – kelasi bir hafta uchun ishlarni rejalashtirish uchun ideal vaqt. Ishlar ro‘yxatini tuzishingiz, yangilashingiz va yaqin orada erishmoqchi bo‘lgan narsalar haqida o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda to’g’ri yozilgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social