OChLda “Bunyodkor” $250 ming mukofot oldi.

OChLda “Bunyodkor” $250 ming mukofot oldi.

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o`ynab, “G” guruxida 1-o`rin bilan pley ofga yo`l oldi.

Nimchorak finalda «Bunyodkor» musobaqaning «E» guruhida 2-o`rinni egallagan jamoaga qarshi to`p suradi. Bu Tailandning «Buriram Yunayted» jamoasi bo`ldi. 

Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida oltinchi bor ishtirok etayotgan «Bunyodkor» ketma-ket olti marta guruh bosqichi bahslarini muvaffaqiyatli yakunlashga muvaffaq bo`ldi. Jamoaning musobaqadagi eng yaxshi ko`rsatkich – yarim final bosqichi hisoblanadi. «Bunyodkor» 2008 va 2012 yilgi mavsumlarda musobaqa yarim finaliga qadar etib borgan.

O`tgan yili “Bunyodkor” guruh uchrashuvlarini ketma-ket besh mavsum muvaffaqiyatli yakunlab, pley-offga yo`llanma olgan turnirdagi yagona jamoa bo`lgandi. Bu borada Mirjalol Qosimov shogirdlari “Poxang Stilerz”  bilan mehmonda 1:1 hisobida durang o`ynab, o`z rekordlarini yangilashdi va Osiyo Chempionlar ligasida yangi rekord o`rnatdi.

Qo`shimcha sifatida, «Bunyodkor» 2013 yilgi OChL guruh bosqichida birorta o`yinda mag`lubiyatga uchramadi – Mirjalol Qosimov shogirdlari safardagi ikki o`yinda g`alaba qozonishgan bo`lsa, Toshkentdagi uchta o`yin va Janubiy Koreyadagi so`nggi bahsda durang o`ynashdi.

Ushbu natijalar klubga OFK tomonidan 250 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli keltirdi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    бой хам бойга – Худоям бойга деганлириде ….

  2. Номаълум

    furbolchilarga qanchadan tegarkan?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social