2020 yilda ish beruvchilar qadrlaydigan asosiy 10ta ko‘nikma

2020 yilda ish beruvchilar qadrlaydigan asosiy 10ta ko‘nikma

Kelajakda ishsiz qolmaslik uchun qaysi sifatlarni rivojlantirish lozim?

Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda ish beruvchilar yangi nomzod tanlashda yuqori baholaydigan ko‘nikmalarning kamida 3tasi 2015 yilda deyarli ahamiyatsiz deb hisoblanardi. Bunday burilishning asosiy sababi — texnologiyalar rivojlanishining tezligi.

Biroq, ekspertlar nazdida robotlar mavjud kasblarni to‘liq egallay olmaydi, ular o‘zida faqatgina ma’lum bir avtomatik vazifalarni aks ettira oladi, xolos. Karera pog‘onalaridan ildam yuqoriga ko‘tarilishni istagan insonlar o‘zlarida ko‘proq insoniy xususiyatlarni mujassam etishlari va rivojlantirishlari kerak.

Xullas, quyida  2020 yilgacha egallashingiz lozim bo‘lgan malakalar bilan tanishtiramiz.

1. Muammolarni kompleks hal qilish

Ushbu ko‘nikma professonalni nafaqat hamkasblar zanjirida muhim bo‘g‘inga, balki xuddi mashinadagi vintikka aylantiradi. U muammoni topish, uning omilini aniqlash, qanday oqibatlar kelib chiqishini payqash imkonini beradi. Eng asosiysi, ushbu xususiyatga ega bo‘lgan mutaxassis loyiha davomida qanday ko‘ngilsizliklar kutilayotganini taxmin qila oladi va uning oldini olish choralarini ko‘radi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, muammolarni kompleks hal qilish ko‘nikmasi 2020 yildagi 36 foiz ish o‘rinlarida talab qilinadi.

2. Tanqidiy fikrlash

Texnologiyalar takomillashib bormoqda. Sun’iy intellekt 2018 yilda o‘tkazilgan Stenford sinovlarida o‘qish va tushunish bo‘yicha ilk marotaba insonni ortda qoldirdi. Biroq  rivojlanib borayotgan robototexnika imkoniyatlari tanqidiy fikrlaydigan insonlarga bo‘lgan ehtiyojni faqat oshirmoqda. Aynan inson texnologiyadan qanchalik optimal va axloq qoidalarida foydalanilayotganini baholashi, u foyda keltirishi uchun qanday sozlash kerakligini bilishi kerak.

3. Kreativlik (yangilik yaratuvchanlik)

Yana bir bor sun’iy intellekt dunyosidagi yangiliklarga nazar solamiz: Microsoft ishlanmasi matnli texnik topshiriqqa asoslanib suratlar chizishni o‘rgandi. Shubhasiz, bu boshlanishi xolos. Shuning uchun ham havaskor rassomlarga nisbatan ehtiyoj kamayadi. Ammo g‘oyalar yaratadigan va vazifalarga noan’anaviy tarzda yondashuvchi ijodkor kishilar ish beruvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat so‘rovnomalari natijalari ham shu haqida: 2015 yilda yaratuvchanlik talab qilinadigan ko‘nikmalar reytingida atigi o‘ninchi o‘rinni band qilgan edi.

4. Insonlarni boshqarish qobiliyati

Nafaqat kompaniya xodimlarini muvofiqlashtirish va maqsadlar belgilash qobiliyatiga ega bo‘lish, balki buni qaysi usulda amalga oshirish ham muhimdir. Kelajak ish beruvchilariga odamlarni ruhlantiradigan, ularning qobiliyatlarini o‘stiradigan va samarali jamoalarni tashkillashtirishni uddalaydigan yetakchilar zarur. Buning uchun yaqin orada robotlar egallay olmaydigan yorqin insoniy jihatlar talab etiladi: xarizma, joziba va hamdardlik.

5. Insonlar bilan o‘zaro munosabat

Ushbu punkt kelajakda ijtimoiy ko‘nikmalar muhimligining umumiy tendensiyasiga urg‘u beradi. Rezyumeda qayd etilgan «jamoada ishlay olish» xususiyati hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ishda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi tanishlarga moslashish, muzokaralar olib borish, hamkorlik qilish, g‘amxo‘rlik qilish va mas’uliyatni ikkinchi shaxsga yuklamaslik kabi xususiyatlarni puxta egallash lozim.

6. Hissiy intellekt

Boshqalarning his-tuyg‘ulari, niyatlarini anglash va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, olimlar fikrlariga ko‘ra, qadim zamonlardan beri jon saqlashning asosiy kaliti hisoblangan, chunki bu qabilalararo til topishishga imkon bergan. Insoniyat g‘orlarni allaqachon tark etdi, ammo hissiy intellekt hanuz jamiyatda omadga erishish uchun talab qilinadigan asosiy mahorat bo‘lib qolmoqda. Inson reaksiyasiga mohirona javob qaytarish nafaqat jamoa ichida, balki mijozlar va raqobatchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda ham qo‘l keladi. Shaxsiy hayotda ham.

7. Tahlil qilish va qaror qabul qilish

Ma’lumotlar oqimi vaqt o‘tgan sari kengayib boryapti, shuning uchun to‘plangan ma’lumotlarni tizimlash, tahlil qilishi, so‘ngra ularga asoslangan holda kompaniya uchun mukammal qarorga kela olishi mumkin bo‘lgan xodimning qadri kundan kunga oshib bormoqda. Shuningdek, mutaxassisning xulosa yasash tezligi ushbu malakani baholashdagi asosiy talablardan biridir.

8. Mijozlarga yo‘l ko‘rsatish

Insonga yordam berish yo‘llarini faol izlash mahorati xizmat ko‘rsatish sohalarida hozirda ham talab qilinadi, chunki ularda insonlar tez-tez o‘zaro munosabatga kirishadilar. Qolaversa, atrofdagilarga yordam berish ishtiyoqi butun jamoaga naf keltirishi mumkin bo‘lsa, hamkasblar orasida ham muhim bo‘lish mumkin.

9. Munozaralar olib borish ko‘nikmasi

Kelishmovchilikni bartaraf eta olish, O‘zaro kelishuv taklif qilish, tomonlarni umumiy nuqtai nazarga yetaklash qobiliyatiga ayniqsa kompyuter va matematika sohalarida, shuningdek san’at va dizayn sferalarida talab kuchli bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda.

10. Moslashuvchan tafakkur

Mutaxassis bir vaqtning o‘zida bir necha g‘oyalar yarata olishni, kutilmagan, ammo eng maqbul yo‘ldan ketishni, ish jarayoniga yangi ma’lumotlar va texnologiyalar kiritishni o‘rganishi kerak. O‘zaro muloqotda suhbatdoshning barcha so‘zlarini anglash va uning shaxsiga qarab xatti-harakatlar yo‘nalishini to‘g‘rilay olish imkoniyati qadrlanadi.

Malakalar, ekspertlar fikriga ko‘ra, ish beruvchilar talab qiladigan tartibda joylashtirilgan.

2015 yildagi reytingda ham kompaniya rahbarlari muammolarni kompleks hal qilish mahoratini birinchi pog‘onaga qo‘yishgan edi. Insonlar bilan o‘zaro munosabat ikkinchi o‘rinni egallagan, boshqarish qobiliyati — uchinchi, tanqidiy fikrlash — to‘rtinchi, muzokaralar olib borish qobiliyati — beshinchi, mijozlarga yo‘l ko‘rsatish — yettinchi, tahlil qilish va qaror qabul qilish — to‘qqizinchi, yaratuvchanlik esa o‘ninchi o‘rinni band etgandi.

Kelajakda talab qilinishi kutilayotgan hissiy intellekt va moslashuvchan fikrlash qobiliyatlari o‘rnini 2015 yilda sifatni nazorat qilish va tinglay olish ko‘nikmalari egallagandi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Дмитрий

    Привлекаем клиентов в Ваш бизнес, с помощью рассылки в формы обратной связи сайтов.

    В наличии несколько баз, суммарным объемом более 5 млн сайтов СНГ.
    Предоставляем скриншоты, подтверждающие выполнение обязательств с нашей стороны.

    Приятные цены – нам выгодно, чтобы заказчик получал прибыль, значительно превышающую стоимость рассылки и обращался повторно.

    В отличии от большинства наших конкурентов, оплату берем ТОЛЬКО за УСПЕШНО доставленные сообщения.
    Напишите пожалуйста ответ на нашу почту: silinitcha1979@mail.ru
    Если Вам удобнее другой способ связи, напишите на почту, какой именно.

    P.S. Извините за беспокойство, если мы с Вами уже сотрудничаем.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social