Hozirgi kunga kelib deyarli yarim, har o`ntadan to`rtta bolalar etarlicha ota-ona e`tiborini olishmayapti. Shu sababdan bolalar ulg`ayganda, ularni jiddiy muammolar kutishi mumkin.
Ruhshunoslarning o`zoq vaqt o`tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, agar bola uchga yilgacha ota yoki onasiga yaqinlik to`yg`usi bo`lmasa, kelajakda shu bolalar shubhasis juda hayajonli, agressiv, ishonchsiz va boshqa atrofdagi odamlarga juda bag`ritosh bo`lishlari mumkin.
Yaqinlik tuyg`usini bola tarbiyalashning erta bosqichlarida ko`rsatish lozim. Shuningdek, qachonki bola kattalardan yig`lasa, baqirsa va yordam so`rasa, yoki shunchaki yupatuvda va daldaga mo`xtoj bo`lgan paytda e`tibor muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada bu bolaning keyinchalik fe`l atvorida o`sishda katta ko`mak bo`ladi. Ota-onaga bo`lgan ishonchli yaqinlik ularga turtki bo`lib va shu bilan ular oldinga intilib borishlari mumkin!
Bolalarni kuzatish natijalari shuni ko`rsatdiki, 60% bolalarda ishonchli yaqinlik yaxshi shakllangan bo`lib, hamda keyinchalik ijtimoiy va emotsional rivojlanishga yordam bo`ladi. Shunday bolalar stress va depressiya holatlaridan yaxshi o`tib borishadi.
Qolgan 40% esa ancha baxtsizdir: ishonchli yaqinlik bo`lmagani butun hayotiga muammo to`ldirishi mumkin. Shunday bolalarga ijtimoiy moslashish va tengdoshlar bilan munosabat qiyin kechar ekan. Shu kabi bolalarni bilish osonroqdir, masalan, qachonki bolada muammo paydo bo`lsa, u yordam uchun ota-ona yoki boshqa katta insonlar oldiga bormaydi va ulardan 15% butunlay ota-ona bilan shu haqida suxbatlashishni xohlamaydi. Ularning sanoqlilarigina maktabdan keyin o`qishni davom etirishadi va natijada hayotlarida ko`pgina qiyinchiliklarni boshidan kechirishadi.
etishadiyu bola tarbiyasini ona qornidan boshlash kerak deb