Baxt uchun nechta do`st kerak?!

Baxt uchun nechta do`st kerak?!

O`zingizni baxtli his qilish uchun, 5 dan kam bo`lmagan do`stlar bilan munosabat qilishga harakat qiling.

Ko`pchilikka ma`lumki, munosabat hayotimizni yanada yaxshiroq qilishi haqida ilmiy isbot ham kerak emas: chunki xamma o`zining tajribasidan kelib chiqqan holda shu haqida biladi. Biroq baxtli bo`lish uchun qancha do`st orttirish kerak?

Ushbu hisobga tekshiruvchilarning aniq javobi bor. “so`rovlar shuni ko`rsatdiki, agarda insonda 5 yoki ko`proq do`stlari bo`lsa, kimlar bilan muhim muamolarni muhokama kila olsa, shu holdagina inson o`zini (60%) juda baxtli deb hisoblashi mumkin “, – bu xaqida mashxur amerikalik psixolog va tadqiqotchi Mixay Chiksentmixayi o`z kitobida (Finding Flow) aytib o`tgan.

Albatta, ko`plab boshqa olimlar boshqa sonlar xaqida aytishadi: masalan, Britaniyalik ruhshunos Richard Tanni tadqiqotlarga ko`ra, 10 dan ortiq do`stlarga ega bo`lgan insonlar, 5 do`stlarga ega bo`lganlardan o`zini baxtliroq his qilishar ekan.

Ko`rinib turibdiki, aloqalarning miqdori sizning muomilangiz, boshqa shaxsiy sifatlaringiz, hamda tashqi holatlarga bog`lik. Lekin, aynan do`stlaringiz hayotingizni baxtli qilishini, ular bilan bo`lgan munosabat, yolg`izlikdan ko`ra ko`proq baxt olib kelishini esda tutish lozim.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. xozirgi paytda bitta yaqin va sodiq do’stni xam topish qiyin, sizlar esa 5 dan kam bo’lmasin deysizlar!

  2. Bobur siz o’zingizni yaqin va sodiq do’st deb hisoblaysizmi?

  3. albatta, men uzimni shunday hisoblayman, aytishadiku odamlar senga qanday munosabatni bulishni xoxlasangiz, oldin siz ularga shunday munosabatda buling! man shunga asoslanib munosabat qilishni xarakat qilaman. va albatta yomonlikga yaxshilik bilan kaytarish!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social