Baxtimiz va muvaffaqiyatimizga zarar keltiruvchi 3 ta gap

Baxtimiz va muvaffaqiyatimizga zarar keltiruvchi 3 ta gap

Biz tinchlanish va ayni fursatda o‘zimizni yaxshiroq his etish uchun o‘zimizga o‘zimiz yolg‘on gapiramiz. Bu esa kelajagimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

1. Y ga aylanish uchun menga X kerak

Baxtli bo‘lish uchun hozirning o‘zida barcha kerakli narsalarga egaligimizga ishonishimiz qiyin. Buning uchun yana bir muvaffaqiyat va yana bir o‘zgarish kerakdek tuyuladi. Biroq bu noto‘g‘ri fikr.

Qanchalik ko‘p muvaffaqiyatga erishsak, qoniqish hissini shunchalik kam his etamiz. Shuning uchun ham doimiy ravishda o‘zingizda bor narsalar haqida eslash va hozirgi kun bilan yashash kerak. Muvaffaqiyat sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanganimizda qo‘shimcha holat sifatida paydo bo‘ladi.

Hayotingizda biror narsani o‘zgartirish kerakdek tuyulishi mumkin. Xuddi  biror voqea sodir bo‘ladi-yu, siz va nihoyat baxtli odamga aylanasiz. Biroq hayotimizdagi o‘zgarishlar o‘zimizga o‘zgacha nazar solib, baxt uchun bizning ruxsatimizdan boshqa hech narsa kerak emasligini tushunganimizda paydo bo‘ladi.

2. Dunyo menga ana shunday qilib berishi kerak

Nima uchun biror narsaga loyiq ekanligingizni o‘zingizdan so‘rang. Siz badavlat va muvaffaqiyatli bo‘lishingiz kerak. Nima uchun? Bunga loyiq bo‘lish uchun nima qildingiz? Bunga erishish uchun qancha ishladingiz? Odamlar bilan ijobiy munosabatlarga ega bo‘lishingiz lozim. Nima uchun? Odamlarga qanday munosabatdasiz? O‘z ustingizda ishlaysizmi yoki boshqa odam ideal bo‘lishini kutyapsizmi, siz o‘zgarishingiz kerakmasmi?

Hammamizning diqqatimiz o‘zimizga qaratilgan. Barchamiz muvaffaqiyatli, baxtli, badavlat, sevimli bo‘lishni istaymiz. Busiz iloji yo‘q, ana shunday yaratilganmiz. Biroq hayot sizga biror narsa qilib berishi kerak deb hisoblaganda hafsalangiz pir bo‘lishiga qarab ketayotganingizni unutmang.

Fond bozorida qimmatli qog‘ozlarga pul tikmay daromad kutmaysiz-ku. Shunday ekan, nima uchun muvaffaqiyat uchun harakat qilmay turib, barcha istaklaringiz ijobat bo‘lishini kutasiz?

Biror narsa haqida orzu qilsangiz, u sodir bo‘lmasa, o‘zingizdan so‘rang: «Qo‘limdan kelganini qildimmi? Vaqtni tejashga harakat qilib, biror narsani ko‘zdan qochirmadimmi? Balki sabr qilishim kerakdir?»

3. Qo‘limdan hech narsa kelmaydi

Muayyan tarzda yashayotganda hech narsani o‘zgartirolmaydigandek tasavvur paydo bo‘ladi. Qo‘lingizdan kelganlarning bariga erishganingizni takror va takror eshitganda yanada ko‘prog‘ini uddalay olishga ishonish mushkul.

Biroq o‘tmishingiz kelajakni belgilamasligi kerak. Hammaning hayotida ham og‘ir fursatlar bo‘ladi. Juda qattiq istak mavjud bo‘lsa, hayotni va o‘zingizni o‘zgartirishingiz mumkin.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ha bu fikrlar xuddi tortishish kuchidek ekan . u ning kuchi qanchali qudratli bulsa bu gaplarning qiymati uwancha

  2. Barchinoy
  3. musulmanka

    Fazo tvga wunaqa maslahat va takliflari uchun rahmat
    Insoning baxti doimo o’z qo’lida uni hohlagan vaqtda hohlagan soniyada parchalab tashlashi yoki shu qo’lidagi baxt tomon intiliwi mumkin lekin baxtsiz bo’liwida bowqalarni ayblaw wartmas insonda hohiw bo’sa biron bir yaxshi narsaga intiliw bo’sa bas smile

  4. Fazo.tv

    Sizga rahmat so’zlaringiz uchun! Va biz bilan birga ekanligingiz uchun!

  5. musulmanka

    Szgayam rahmat shunaqa kereli maslahatlani bervotganiz uchun smile

  6. ODDIY BOLA

    Z6r maqola.qzlarga qanday yigtlar yoqadi? Dgan maqoladgi savolmga yana jvb berinizla.iltmos!Bxtmiz va muvafaqyatmz…ga!

  7. jajji qiz

    ODDIY BOLA sz wu ikkita boladan bitasi bosez kereya

  8. Fazo.tv

    Oddiy bola, hozir kirib javob yozamiz.

  9. Fazo.tv

    Jajji qiz, nega unday deb o’yladingiz?)))

  10. jajji qiz

    Hamaga salom. Wowilinc soravottila. Javob yozila dganlariga wunaqa fikrga keldm

  11. Fazo.tv

    laugh rahmat)

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social