“Mening orqamdagi odamlarni ko’rasizmi? Ularning hammasi ishlarga yugirishadilar, hech narsaga e’tibor bermaydilar. Ba’zan kundalik hayot bizni tortib ketadi, biz hayotning go’zalligidan bahramand bo’lish uchun bir lahza to’xtashni ham unutamiz.
Biz haqiqiy zombiga aylanamiz. Ko’zlaringizni ko’taring va quloqlardan naushnikni olib tashlang. Yo’lovchiga salom bering yoki kasal bo’lgan odamga dalda bering. Kimgadir yordam qo’lini cho’zing. Har kunni oxirgi kun kabi yashang.
Bir necha yil oldin dahshatli ruhiy tushkunlikda edim. Bu haqda hech kimga aytmadim. Uni yengish uchun o’z yo’limni topishim kerak edi. Va men tushundim: baxtli bo’lishga yo’l qo’ymagan kishi – MENMAN.
Biz yashayotgan har kun, qimmatbahodir. Keling, bu haqiqatga mos kelaylik. Ertangi kun keladi deganga hech qanday kafolatlar yo’q, shuning uchun bugun yashashni boshlang! Umid qilamanki, siz mazkur maqola bilan bo’lishasiz va ushbu bayram kunlarda bir oz ko’proq sevgi bo’lsin! “