OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston uchun ChatGPT’dan foydalanishga ruxsat berdi

OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston uchun ChatGPT’dan foydalanishga ruxsat berdi

Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston uchun ChatGPT’dan foydalanishga ruxsat berdi. Sun’iy intellekt chatbotidan foydalanishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati kompaniya saytida keltirilgan.

“Ko‘plab davlatlar, mintaqa va hududlarga API’mizdan foydalanish imkoniyatini berayotganimiz hamda muntazam ravishda yangilarini qo‘shib borayotganimizdan faxrlanamiz.

Geografik xilma-xillik va keng tarqalgan imtiyozlar biz uchun muhim, biz xavfsiz foydalanish mumkin bo‘lgan joylar sonini ko‘paytirish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Agar joylashgan hududingiz hozirda API ruxsatini qo‘llab-quvvatlamasa, yangilanishlarni keyinroq tekshirib ko‘ring”, — deyiladi xabarda.

Chatbotdan foydalanish ruxsat berilgan yangilangan ro‘yxatga ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston ham qo‘shildi. Bunga qadar mazkur xizmatdan faqat VPN’ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi.

ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.

Avvalroq Italiya ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlagan dunyodagi birinchi davlatga aylangandi. Bunga chatbot ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarga oid qonunchilikni buzgani sabab bo‘lmoqda. Jumladan, neyron tarmoq +13 yosh chegarasiga qaramay, foydalanuvchilarning yoshini tekshirmasligi ta’kidlanadi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Наконец то!

  2. Aziza

    Zurku

  3. Otabek

    Ishda ishlataman, juda qulay narsa

  4. Gulli

    good

  5. Aziza

    Urnatib kurdim, faqat savollarga javob berarkan buldi

  6. Тимур

    Ха, лекин яхширок ургансез, анча нарсаларни урнизга езиб бериши мумкин

  7. Otabek

    Juda qulay SI, ancha ishlarimda yordam bo’lyapti

  8. Aziza

    Urganib olarman sekn sekn

  9. Diyor

    Zo’r bo’lipti

  10. Shomurod

    good good good

  11. Nodirabegim

    O’rnatib ko’rdim, pul so’rayapti

  12. Xurshid

    SMS kelmayapti, yordam bering

  13. Karim

    smile Kelyapti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social