Bugungi kundagi ruhiy holatingizga bolalik onlaringizdagi aynan qaysi vaqt va hodisa ko‘proq ta’sir qilganini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu testni sinab ko‘rishga aslo erinmang.
Mazkur suratga nazar tashlang va ayni vaqtdagi holatingizga suratlarning qaysi biri ko‘proq mos kelishi haqida o‘ylab ko‘ring.
Birinchi surat
Ushbu tanlov bolalikda yaqinlaringiz tomonidan sizga yetarlicha mehr ko‘rsatilmagani haqida anglatadi. Hamisha ular tomonidan maqtov hamda e’tirofga sazovor bo‘lishni istab kelgansiz, ammo bu talabingiz hech qachon qondirilmagan. Oqibatda yoshingiz ulg‘aysa ham o‘zingizga bo‘lgan ishonch pastligicha qolavergan. Sizni har qanday tanqid va salbiy gap qattiq qo‘rquvga soladi. Rad javobini olishdan qo‘rqqaningiz sababli yaqinlaringizga ham biror iltimos bilan murojaat qila olmaymiz. Shu sababli barcha dardlaringizni ichingizga yutasiz va hayotingizga yanada ko‘proq muammolarni jalb qilib olasiz.
Maslahat:
Tanqidni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rganing, ana shunda hayot zarbalari siz tasavvur qilganchalik og‘ir emasligini ham tushunib yetasiz.
Ikkinchi surat
Bolalikda atrofingizdagilar sizni odamlarga ishonmaslik uchun majbur qilishgan. Shu sababli ham insonlarga bo‘lgan ishonch hissi pasayib ketgan. Bu narsa siz istagan o‘yinchoqni olib bermaganlari bilan bog‘liq holat emas, albatta. Hotirangiz qa’ridagi ushbu jarohat anchagina jiddiyroq ekani aniq. Urinishlaringiz hech qanday natija bermagan, odamlar ustingizdan kulishlaridan qattiq qo‘rqqansiz. Oqibatda yaqinlaringizga bo‘lgan ishonch hissi ham asta-sekin sizni tark etgan.
Maslahat:
Yaqinlaringiz bilan haddan tashqari uzoqlashmaslikka harakat qiling. His-tuyg‘ularingizni boshqalardan berkitish orqali o‘zingizga azob bera ko‘rmang.
Uchinchi surat
Balki bolalik vaqtlaridanoq ota-onangiz tomonidan sizga yetarlicha ishonch bildirilmagan, sinfdoshlaringiz doimiy ravishda sizni masxara qilib kelishgandir. Shu sababli ham maqtov va e’tirofsiz yashashga butunlay o‘rganib qolgansiz. Mukammallik ortidan quvasiz, barchaga o‘zingizning qanchalar oliyjanob ekanligingizni isbotlash uchun kuch sarflaysiz.
Maslahat:
Boshqalarga yoqish uchun umringizni bekorga sarf etmang. Ba’zan xudbinroq bo‘lish ham aslo zarar qilmaydi. Bag‘rikengligingizdan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan kimsalar ko‘p ekanligini unutmang.
To‘rtinchi surat
Bolalikda yaqin insoningizdan ayrilgancha judaqattiq zarbaga duchor bo‘lgansiz. Shu sababli navbatdagi yo‘qotishlar qo‘rquvi sizga baxtli yashash uchun imkon bermay keladi. Ba’zan sevgan insoningizni yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvi haddan tashqari xudbinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Maslahat:
Ertani o‘ylayvermay, bugungi kun bilan yashashni o‘rganing. Hayolingizdagi yomon narsalarni tashqariga chiqarib tashlang. Hayotning har onidan zavq olishni biling.
menga turi 4iqdi
yaxwi maqola 4iqibdi, raxmat
javobi menga yoqmadi, kimga murojaat qisam buladi?
qiziq test ekan, tugri 4iqdi
har bir ota-ona ona bolasiga jarohat qoldiradi. lekin sevgi i4ida usgan bola, har doim baxtli buladi
yaxwi 4iqdi
Aynan men haqimdagi haqiqiy haqiqatni isbotlandi 3 rasm aynan oʻzimni koʻrdim lekin berilgan maslahatlarga amal qilaman rahmat maslahatiz uchun
Etib berin nima dimoq4i buganizzi
Hammamizda bunday jarohatlar bor.
Zòr maqola ekan. Manda ham toģri cqdi