Ko’pchilik g’iybatchilarni va hasadgo’ylarni yoqtirmaydi. Ba’zida shunday insonlar boshqalarni tanqid qilishga va ulardan xato topishga shoshiladilar. Ular boshqalarni hukm qilganda, ularning yaxshi tomonini sezishmaydi.
Quyidagi hasad haqidagi masalga e’tibor qarating. Chuqur va ma’noli masal:
Bir oilaviy juftlik yangi uyga ko’chib kelishdi.
Bir kuni ertalab, ayol oynadan qo’shinisi qo’rib qoldi, u yuvgan kirlarini yoyib yurgan edi.
-Qara, ularning kiyimi rosa kir ekan – deb ayol eriga aytdi.
Ammo eri javob bermadi. U gazetani o’qib va xotinini gapiga e’tibor bermadi.
-Balki unda yomon sovun bo’lgandir, yoki kir yuvishni bilmas! Unga o’rgatish kerak! – deb yana xotini aytdi.
Har doim qo’shnisi kiyimlarni yoyganda, doim yomon yuvilgan va kir kiyimlardan hayratda qolar edi.
Bir kuni, xotini uyg’onib oynaga qaradi va dedi:
-Qara, bugun kiyimlari toza! Balkim u kir yuvishni o’rgangandir?!
Shunda eri: Yo’q, men shunchaki bugun vaqtliroq turib, oynamizni yuvdim.
Shunday holat hayotimizda ham bo’lib turishi mumkin! Sodir bo’lgan narsalarga qaysi oynadan qarashimizga bog’liq. Boshqalarni tanqid qilishdan oldin, o’z yuraklarimizni tekshirsak yaxshi bo’larmidi….
Yaxshi hikoya ekan. Bunday vaziyatlarga tez tez duch kelamiz. Lekin buni payqamaymiz. Hosh bu yerda oyna masalasida bir haqiqat yozilgan. Lekin buni hayotda qanday qo’llasa bo’ladi?
Juda to’g’ri yozilgan!