Shogird ustozdan so’radi:
- Insoniyat tarixi juda ko’p haqiqiy avliyolarni biladi, ammo ularning yetuklikga erishishining sababi nimada?
Biz o’z yo’limizni boshlaganimizda kuchli qo’rquv degan narsaga duch kelamiz va biz albatta hamma narsani “to’g’ri” qilishimiz kerak deb fikr yuritamiz. Biroq, barchaning o’z noyob va g’ayrioddiy hayoti bor. Ho’sh, “to’g’ri” tushunchasi qayerdan paydo bo’ldi? Xudo jirafani, filni va chumchuqni yaratdi va har biri o’ziga yarasha muhim hayvondir.
– Nima uchun biz kimningdir misoliga ergashishimiz kerak?
– Nima uchun boshqalar shu ishni qilyapti deb biz ham shuni bajarishimiz kerak?
Biz boshqalarni hayotiga qarab, o’z hayotimizni tuzushimiz mumkin. Lekin uning hayotdagi misoli, siznikiga to’g’ri kemasligi mumkin. Shunday ekan, hayotdagi o’z hatti-harakatlarimizda faqat o’zimiz va boshqa hech kim javob bermaydi.