Butun Jahon Tabassum Kuni :)

Butun Jahon Tabassum Kuni :)

Butun Jahon Tabassum Kuni har oktyabr` oyining birinchi juma kunida nishonlanadi. Lekin faqatgina shu kunda tabassum qilish yoki uni ulashish emas, balki har kunimizni tabassum ila qarshi olishimiz naqadar ajoyibdir.

Hozirgi kunda ko`pchiligimiz boylik, pul kabi narsalarning ketidan quvib tavassum nima ekanligini unitib qo`yamiz. Hayotiy tashvishlar, kunlik qilinadigan ishlar, karera va shu kabi ishlarga bor kuchimizni sarflaymizu, lekin shunchaki jilmayib qo`yishga kuchimiz etmaydi.

Tinchlik va baxt – tabassumdan boshlanadi. Agarda siz tabassum qilsangiz, bu sizning ish harakatingizga, oilangizga va umuman olganda hayotingizga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. “Louis Armstrong” ijro etgan qo`shiqni tinlagan bo`lsangiz, unda: sen tabassum qilsang, butun dunyo senga tabassum qiladi. Shu kabi, kunni ajoyib tabussum bilan boshlash va kun davomida uni tark etmaslik hayotingizga quvonch va baht olib keladi.

Shunday ekan, tabassum qilishga va uni ulashishga harakat qilaylik. Fazo.tv jamoasi sizlarga yorqin tabassum va sermahsul hayot tarzini tilab qoladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    :))))))))))))))))

  2. he he 😉 XD

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social